Pushkin haqidagi badiiy film Turkiyada katta qiziqish uyg‘otdi

© "Sentral Partnership" Kadr iz filma "Prorok. Istoriya Aleksandra Pushkina".
Kadr iz filma Prorok. Istoriya Aleksandra Pushkina. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.10.2025
Obuna bo‘lish
Film 19-sentabrdan boshlab Turkiyaning 94 ta kinoteatrida 9 mingdan ortiq tomoshabinlarga namoyish etilgan.
TOShKENT, 4 okt – Sputnik. “Payg‘ambar: Aleksandr Pushkin qissasi”, filmining Turkiyadagi prokati, tomoshabinlarning katta qiziqishi tufayli, yana bir haftaga uzaytirildi. Bu haqda Kunay Film xalqaro prokat bo‘limi rahbari Alina Arslanturk RIA Novostiga ma’lum qildi.

"Birinchi haftada film mamlakat kassalarida sakkizinchi o‘rinni egallab, eng yaxshi 10talikka kirdi. Bu rus tilidagi film uchun katta muvaffaqiyat. Loyihaga nafaqat rusiyzabon tomoshabinlar, balki turk tomoshabinlari tomonidan ham qiziqish uyg‘otdi. Ularni film hikoyasi va konsepsiyasi ning o‘ziga tortdi. Kutilmaganda, hatto ruscha dublyaj ham qabul qilish uchun to‘siq bo‘lmadi”, - dedi Arslanturk.

Uning so‘zlariga ko‘ra, filmni Turkiyada shu paytgacha 9 062 tomoshabin ko‘rgan va kassa tushumlari allaqachon 2 million turk lirasidan (deyarli 50 000 AQSh dollari – tahr.) oshgan.
Pushkin haqidagi filmga qiziqish ayniqsa turk talabalari va shahar auditoriyasi orasida kuchli, shuning uchun kompaniya kelajakda ularga alohida e’tibor qaratadi, deydi Arslanturk.
"Reklama kampaniyasi va gala-premyera vaqtida ijtimoiy tarmoqlarda kuzatuvchilar soni bir milliondan oshdi. Biz hozir maxsus ko‘rsatuvlar, rus tilidagi maktablar, universitetlar, til kurslari va madaniy uyushmalar uchun namoyishlar ochish orqali sa’y-harakatlarimizni kuchaytirmoqdamiz", - dedi agentlik manbasi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, loyiha nafaqat rusiyzabon diaspora uchun muhim voqea bo‘ldi, balki turk tomoshabinlari orasida rus kinosiga qiziqish uyg‘ota boshladi, bu esa madaniy almashinuvni rivojlantirishda muhim qadam bo‘ldi.
“Payg‘ambar. Aleksandr Pushkin qissasi” filmi ko‘pchilikni hayratga soldi, biroq u his-tuyg‘ularni uyg‘otdi va shoir siymosining yana porlashiga imkon berdi, degan edi avvalroq “RIA Novosti”ga bergan intervyusida film rejissori Feliks Umarov.

Umarov filmni Istanbulda Rossiya Bosh konsulligi ko‘magida tashkil etilgan premyera namoyishida taqdim etdi. Film 19-sentabrdan boshlab Turkiyaning 94 ta kinoteatrida, jumladan Istanbul, Antaliya va boshqa bir qancha shaharlarda namoyish etildi.

"Payg‘ambar.Aleksandr Pushkin qissasi" — rus shoiri haqida hikoya qiluvchi biografik musiqiy drama filmi keng ommaga 2025-yil 14-fevralda taqdim etilgan edi.

Filmda Aleksandr Pushkin (Yuriy Borisov) – jasur, yorqin obrazda namoyon bo‘lib, o‘z she’rlari bilan qalblarni zabt etadi. Uning Har bir so‘zi – sinov, har misrasi o‘lmas she’rga aylanadi. Ammo ulkan iste’dod ham uni surgun, qashshoqlik va yovuz kuchlardan asrab qola olmaydi. Film rejissori Feliks Umarov, ssenariy mualliflari Vasiliy Zorkiy va Andrey Kurganovlar.
Yangiliklar lentasi
0