https://oz.sputniknews.uz/20251004/fabio-kannavaro-ozbekiston-jamoasiga-bosh-murabbiy-bolishi-haqida-nimalar-malum-52454769.html
Fabio Kannavaro O‘zbekiston jamoasiga bosh murabbiy bo‘lishi haqida nimalar ma’lum
Fabio Kannavaro O‘zbekiston jamoasiga bosh murabbiy bo‘lishi haqida nimalar ma’lum
Sputnik O‘zbekiston
O‘FA taniqli italiyalik mutaxassis Fabio Kannavaro bilan muzokaralar olib bormoqda
2025-10-04T12:33+0500
2025-10-04T12:33+0500
2025-10-05T14:44+0500
sport
futbol
jahon chempionati
fabio kannavaro
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0a/03/52430256_0:0:3071:1728_1920x0_80_0_0_056ac96a29be1944c8816995b171e81f.jpg
TOShKENT, 4 okt — Sputnik. Afsonaviy italiyalik himoyachi O‘zbekiston milliy terma jamoasini AQShda 2026-yilda o‘tkaziladigan jahon chempionatiga olib borishi mumkin. Bu haqda Rossiyaning “Sport-ekspress” nashri xabar qilmoqda.Italiyalik 52 yoshli mutaxassisga O‘zbekiston futbol federatsiyasi qiziqish bildirayotgani bir necha kun avval ma’lum bo‘lgan edi. Endi esa Kannavaro terma jamoani boshqarishga rozi bo‘lgan va yaqin kunlarda shartnoma imzolashi kutilmoqda, degan Romano.OAVda ma’lum qilinishiga ko‘ra, italiyalik mutaxassis bilan bir yillik shartnoma imzolanadi. Keyinchalik u 4-yilga uzaytirilishi mumkin. Shartnoma qiymati 4 mln yevro, deb xabar qilmoqda ayrim OAVlar.Ajoyib futbolchi, o‘rtamiyona murabbiyKannavaro futbol tarixidagi eng kuchli himoyachilardan biri sifatida tanilgan - u ko‘p yillar davomida eng yuqori saviyada o‘ynadi va 2006-yilda jahon chempioni bo‘ldi va "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritdi. Biroq, uning murabbiylik sohasida erishgan yutuqlari ancha kamtar – aslida deyarli yo‘q.Fabio 12-yillik murabbiylik faoliyati davomida u beshta davlatda, jumladan, vatani Italiyada ishlagan. Xususan, u Xitoyning “Guanchjou” va “Tanszin” klublarida, Saudiya Arabistonining “Al Nasr”, Italiyaning “Benevento” va “Udineze” hamda Zagrebning “Dinamo” klublarida ishlagan. Italiyalik futbolchining eng yaxshi natijasi 2019-yilda “Guanchjou” Xitoy chempionligini qo‘lga kiritgani bo‘ldi.Xitoyda Fabio bir necha yil ishlagan va 2019-yilda Xitoy terma jamoasining vaqtinchalik bosh murabbiy bo‘lgan. Afsuski, Kannavaro ikkita o‘rtoqlik o‘yinida mag‘lub bo‘ldi (ulardan biri O‘zbekistonga qarshi) va keyinchalik bu lavozimni tark etgan.Kapadzechi?Eslatib o‘tamiz, yanvarda Kapadze sog‘lig‘i sababli murabbiylik faoliyatini davom ettira olmagan sloveniyalik Srechko Katanes o‘rniga terma jamoani deyarli tasodifan qabul qilib olgan edi. Milliy jamoa mahalliy murabbiy boshchiligida o‘z tarixida ilk bor jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.Muvaffaqiyatlarga qaramasdan, O‘FA rahbariyati bir necha oydan beri xorijlik murabbiy izlamoqda. Bosh murabbiy almashishi haqidagi doimiy gap-so‘zlar Kapadzeni g‘azablangani aniq.Sentabr oyi boshida O‘mon bilan 1:1 hisobidagi durangdan so‘ng murabbiy mish-mishlar uni ishidan chalg‘itayotganini aytdi. "Kechirasiz, lekin internetda u murabbiy yoki bu murabbiy kelgani haqida doimiy xabarlar paydo bo‘lmoqda. Futbolchilar o‘zlarini qanday tayyorlaydilar? Ular telefonlarida bularning barchasini o‘qishmoqda. Bu bizni chalg‘itmoqda", - degan edi Kapadze o‘yindan keyingi matbuot anjumanida.O‘zbekiston matbuotining yozishicha, agar Kannavaro bosh murabbiy bo‘lsa, Timur Kapadze jahon chempionatida unga yordamchi bo‘lishi ham mumkin. Bu to‘g‘ri qaror yoki yo‘qligini vaqt ko‘rsatadi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0a/03/52430256_340:0:3071:2048_1920x0_80_0_0_0ce529e15e48a74e5c878f7972367917.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘fa fabio kannavaro futbol
o‘fa fabio kannavaro futbol
Fabio Kannavaro O‘zbekiston jamoasiga bosh murabbiy bo‘lishi haqida nimalar ma’lum
12:33 04.10.2025 (yangilandi: 14:44 05.10.2025) Ayni damda O‘FA taniqli italiyalik mutaxassis bilan muzokaralar olib bormoqda.
TOShKENT, 4 okt — Sputnik. Afsonaviy italiyalik himoyachi O‘zbekiston milliy terma jamoasini AQShda 2026-yilda o‘tkaziladigan jahon chempionatiga olib borishi mumkin. Bu haqda Rossiyaning “Sport-ekspress” nashri
xabar qilmoqda. “O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2026-yilgi jahon chempionatiga olib boradigan murabbiyni tanlagan ko‘rinadi. Insayder Fabritsio Romanoning yozishicha, mahalliy federatsiya afsonaviy Fabio Kannavaro bilan shartnoma imzolaydi”, - deyiladi xabarda.
Italiyalik 52 yoshli mutaxassisga O‘zbekiston futbol federatsiyasi qiziqish bildirayotgani bir necha kun avval ma’lum bo‘lgan edi. Endi esa Kannavaro terma jamoani boshqarishga rozi bo‘lgan va yaqin kunlarda shartnoma imzolashi kutilmoqda, degan Romano.
OAVda ma’lum qilinishiga ko‘ra, italiyalik mutaxassis bilan bir yillik shartnoma imzolanadi. Keyinchalik u 4-yilga uzaytirilishi mumkin. Shartnoma qiymati 4 mln yevro, deb xabar qilmoqda ayrim OAVlar.
Ajoyib futbolchi, o‘rtamiyona murabbiy
Kannavaro futbol tarixidagi eng kuchli himoyachilardan biri sifatida tanilgan - u ko‘p yillar davomida eng yuqori saviyada o‘ynadi va 2006-yilda jahon chempioni bo‘ldi va "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritdi. Biroq, uning murabbiylik sohasida erishgan yutuqlari ancha kamtar – aslida deyarli yo‘q.
Fabio 12-yillik murabbiylik faoliyati davomida u beshta davlatda, jumladan, vatani Italiyada ishlagan. Xususan, u Xitoyning “Guanchjou” va “Tanszin” klublarida, Saudiya Arabistonining “Al Nasr”, Italiyaning “Benevento” va “Udineze” hamda Zagrebning “Dinamo” klublarida ishlagan. Italiyalik futbolchining eng yaxshi natijasi 2019-yilda “Guanchjou” Xitoy chempionligini qo‘lga kiritgani bo‘ldi.
Xitoyda Fabio bir necha yil ishlagan va 2019-yilda Xitoy terma jamoasining vaqtinchalik bosh murabbiy bo‘lgan. Afsuski, Kannavaro ikkita o‘rtoqlik o‘yinida mag‘lub bo‘ldi (ulardan biri O‘zbekistonga qarshi) va keyinchalik bu lavozimni tark etgan.
Eslatib o‘tamiz, yanvarda Kapadze sog‘lig‘i sababli murabbiylik faoliyatini davom ettira olmagan sloveniyalik Srechko Katanes o‘rniga terma jamoani deyarli tasodifan qabul qilib olgan edi. Milliy jamoa mahalliy murabbiy boshchiligida o‘z tarixida ilk bor jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Muvaffaqiyatlarga qaramasdan, O‘FA rahbariyati bir necha oydan beri xorijlik murabbiy izlamoqda. Bosh murabbiy almashishi haqidagi doimiy gap-so‘zlar Kapadzeni g‘azablangani aniq.
Sentabr oyi boshida O‘mon bilan 1:1 hisobidagi durangdan so‘ng murabbiy mish-mishlar uni ishidan chalg‘itayotganini aytdi.
"Kechirasiz, lekin internetda u murabbiy yoki bu murabbiy kelgani haqida doimiy xabarlar paydo bo‘lmoqda. Futbolchilar o‘zlarini qanday tayyorlaydilar? Ular telefonlarida bularning barchasini o‘qishmoqda. Bu bizni chalg‘itmoqda", - degan edi Kapadze o‘yindan keyingi matbuot anjumanida.
O‘zbekiston matbuotining yozishicha, agar Kannavaro bosh murabbiy bo‘lsa, Timur Kapadze jahon chempionatida unga yordamchi bo‘lishi ham mumkin. Bu to‘g‘ri qaror yoki yo‘qligini vaqt ko‘rsatadi.