https://oz.sputniknews.uz/20251003/world-bank-tashkent-transport-modernizatsiya-52418180.html
Jahon banki Toshkentda jamoat transporti modernizatsiyasiga yordam beradi
Jahon banki Toshkentda jamoat transporti modernizatsiyasiga yordam beradi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Jahon banki hamkorligida jamoat transportini modernizatsiya qilish, avtobus yo‘laklari, elektr avtobuslar va elektron to‘lov tizimlarini joriy etish masalalari muhokama qilindi
2025-10-03T09:10+0500
2025-10-03T09:10+0500
2025-10-03T09:58+0500
o‘zbekiston
jamiyat
jahon banki
jamoat transporti
avtobus
hamkorlik
loyiha
toshkent
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/01/09/47492045_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_7e64cab5c6a39ccba55174830bca9acb.jpg
TOShKENT, 3 okt — Sputnik. 2-oktabr kuni Iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Norqulov Jahon banki (JB) vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.Unda JBning transport amaliyoti rahbari Shomik Raj, transport masalalari bo‘yicha mutaxassislar hamda bir qator mas’ullar ishtirok etdi. Uchrashuvda JB ekspertlari bilan O‘zbekistonda jamoat transporti tizimini modernizatsiya qilish, transport infratuzilmasini yaxshilash va hududlararo bog‘liqlikni oshirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, veloyo‘laklar va zamonaviy bekatlar qurilishi, yo‘llarda xavfsizlikni oshirish, transport oqimini samarali boshqarish hamda tirbandliklarni kamaytirishga oid takliflar taqdim etildi. JB vakillari, Fransiya, Angliya va AQSh tajribalari hamda Xitoy, Marokash, Braziliya va boshqa bir qator davlatlarda amalga oshirilgan tezkor avtobus yo‘nalishlari, metro va aqlli transport tizimlari bo‘yicha loyihalar natijalari bilan o‘rtoqlashdi. Mazkur tajribalar O‘zbekiston uchun ham moslashtirilishi mumkinligi ta’kidlandi. Yakunda tomonlar O‘zbekiston transport tizimini modernizatsiya qilish bo‘yicha hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldi. Qayd etilishicha, JB bilan olib boriladigan qo‘shma loyihalar jamoat transporti sifatini oshirish, infratuzilmani modernizatsiya qilish va shaharlararo bog‘liqlikni kuchaytirish orqali fuqarolarga yanada qulay, xavfsiz va zamonaviy xizmatlarni taqdim etishga xizmat qiladi.
https://oz.sputniknews.uz/20250923/china-tashkent-elektrobus-52182240.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/01/09/47492045_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_9bba73f1427630104051e7803da79c8d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston, jahon banki, ilhom norqulov, jamoat transporti, transport tizimi, transport infratuzilmasi, avtobus yo‘laklari, elektr avtobuslar, elektron to‘lov tizimi, transport xavfsizligi, veloyo‘laklar, zamonaviy bekatlar, transport modernizatsiyasi, aqlli transport tizimlari, xalqaro tajriba, toshkent, viloyat markazlari, transport tirbandliklari, transport strategiyasi, uzbekiston, jaxon banki
o‘zbekiston, jahon banki, ilhom norqulov, jamoat transporti, transport tizimi, transport infratuzilmasi, avtobus yo‘laklari, elektr avtobuslar, elektron to‘lov tizimi, transport xavfsizligi, veloyo‘laklar, zamonaviy bekatlar, transport modernizatsiyasi, aqlli transport tizimlari, xalqaro tajriba, toshkent, viloyat markazlari, transport tirbandliklari, transport strategiyasi, uzbekiston, jaxon banki
Jahon banki Toshkentda jamoat transporti modernizatsiyasiga yordam beradi
09:10 03.10.2025 (yangilandi: 09:58 03.10.2025) Jahon banki vakillari bilan echrashuvda avtobus yo‘laklari, elektr avtobuslar, elektron to‘lov tizimlari va transport xavfsizligini oshirish bo‘yicha qator takliflar ilgari surildi
TOShKENT, 3 okt — Sputnik. 2 oktabr kuni Iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Norqulov Jahon banki (JB) vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi matbuot xizmati
xabar berdi.
Unda JBning transport amaliyoti rahbari Shomik Raj, transport masalalari bo‘yicha mutaxassislar hamda bir qator mas’ullar ishtirok etdi.
Uchrashuvda JB ekspertlari bilan O‘zbekistonda jamoat transporti tizimini modernizatsiya qilish, transport infratuzilmasini yaxshilash va hududlararo bog‘liqlikni oshirish masalalari muhokama qilindi.
Muzokaralar davomida Toshkent shahri va viloyatlar markazlarida avtobus yo‘laklarini tashkil etishni jadallashtirish, elektr avtobuslar joriy etishni kengaytirish, marshrutlar tizimini optimallashtirish hamda elektron to‘lov tizimini rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, veloyo‘laklar va zamonaviy bekatlar qurilishi, yo‘llarda xavfsizlikni oshirish, transport oqimini samarali boshqarish hamda tirbandliklarni kamaytirishga oid takliflar taqdim etildi.
JB vakillari, Fransiya, Angliya va AQSh tajribalari hamda Xitoy, Marokash, Braziliya va boshqa bir qator davlatlarda amalga oshirilgan tezkor avtobus yo‘nalishlari, metro va aqlli transport tizimlari bo‘yicha loyihalar natijalari bilan o‘rtoqlashdi. Mazkur tajribalar O‘zbekiston uchun ham moslashtirilishi mumkinligi ta’kidlandi.
Yakunda tomonlar O‘zbekiston transport tizimini modernizatsiya qilish bo‘yicha hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldi. Qayd etilishicha, JB bilan olib boriladigan qo‘shma loyihalar jamoat transporti sifatini oshirish, infratuzilmani modernizatsiya qilish va shaharlararo bog‘liqlikni kuchaytirish orqali fuqarolarga yanada qulay, xavfsiz va zamonaviy xizmatlarni taqdim etishga xizmat qiladi.