Putin “Valday” klubi yalpi majlisida nutq so‘zladi – asosiy bayonotlar

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev
/ Obuna bo‘lish
Rossiya rahbari o‘z chiqishida qator masalalarga batafsil to‘xtaldi.
TOShKENT, 3 okt – Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin “Valday” xalqaro munozaralar klubining yalpi majlisida nutq so‘zladi. Quyida Rossiya rahbarining asosiy bayonotlarini keltiramiz.
NATO va G‘arb haqida
Agar kimdir Rossiya bilan tenglashmoqchi bo‘lsa, marhamat — urinib ko‘rsin. Biz Yevropaning harbiylashuviga o‘z javobimizni tezda beramiz.
Bugun dunyoda vaziyatga ta’sir o‘tkazishga intilgan davlatlar soni tarixda hech qachon bunchalik ko‘p bo‘lmagan.
Rossiya ikki marta NATOga qo‘shilishga tayyorligini bildirgan, ammo ikkalasida ham rad etildi.
Biz G‘arb bilan hamkorlikka tayyor edik, lekin ular stereotiplardan voz kechmadi. Ular hanuz mutlaq hokimiyat vasvasasidan qutula olmayapti.
Bir narsani aniq aytaman: dunyoda hammaga nimani qilishni buyuradigan mutlaq kuch yo‘q va hech qachon bo‘lmaydi.
Dunyoda barqaror yechim faqat barchani yoki ko‘pchilikni qoniqtiradigan kelishuv asosida mumkin.
Rossiyaga qarshi qo‘llanilgan jazo choralari to‘liq barbod bo‘ldi.
Ukraina mojarosi haqida
Ukrainani Rossiyaga gijgijlaganlar nafaqat Rossiya manfaatlariga, balki Ukraina xalqi manfaatlariga ham tupurishni xohlashdi.
Agar Tramp hokimiyatda qolganida, Ukrainadagi mojaroni oldini olish mumkin edi.
Ukraina fojiasi ham ukrainlar, ham ruslar uchun og‘riqdir.
NATO Rossiya chegarasiga yaqinlashmaganida, bu mojaro yuz bermasdi.
Har bir davlat o‘z xavfsizligini ta’minlashga haqli — bu Ukrainaga ham, Rossiyaga ham tegishli.
Boshqa davlatlar uchun Ukrainadagi mojaro — nazorat hududini kengaytirish va qo‘shimcha daromad olish vositasi.
Janglarni to‘xtatish imkoni hozircha yo‘q, ammo javobgarlik, birinchi navbatda, Yevropa zimmasida.
Yevropa Ukraina mojarosini faqat kuchaytirapti — ularning boshqa maqsadi yo‘q.
Rossiya armiyasining maxsus harbiy operatsiya hududidagi muvaffaqiyatlari haqida
Rossiya qo‘shinlari frontning hammasi joyida strategik tashabbusni qo‘liga olgan va ishonch bilan olg‘a siljimoqda.
Xavfsizlik hududlarini tashkil etish ishlari rejaga binoan ketmoqda. Rososiya qo‘shinlari Yunakovkani ozod qildi, Volchanskni ozod qilish – vaqt masalasi.
“Markaz” guruhi faol va samarali harakat qilmoqdachi, jangchilar Krasnoarmeysk shahriga kirib borishdi.
Rossiya armiyasining “G‘arb” guruhi Kupanskning uchdan ikki qismini nazoratga oldi, markaz ularning qo‘llarida.
DXRdagi Kirovsk to‘liq Rossiya Qurolli kuchlari nazorati ostiga o‘tdi.
Rossiya armiyasi Konstantinovka va Severskka kirib bordi
Rossiya LXRni 100 foiz nazorat qilmoqda.
“Sharq” qo‘shinlari guruhi Zaporojye viloyatining shimoliy qismi va Dnepropetrovskda qisman ishonch va dalil sur’atlar bilan harakatlanmoqda.
Ukraina Qurolli kuchlarining yo‘qotishlari ularni shaxsiy tarkibni to‘ldirish imkoniyatiga qaraganda ko‘proq. Chaqiruv yoshini pasaytirish Ukraina armiyasi muammolarini hal etmaydi.
Ukraina armiyasi yo‘qotishlarini inobatga olgan holda Kiyev tezro muzokaralar stoliga o‘tirishni o‘ylashi kerak.

