https://oz.sputniknews.uz/20251003/ozbekiston-aeroportlari-uz-52426932.html
O‘zbekiston aeroportlari yangi ICAO kodiga o‘tdi: UT o‘rniga endi UZ ishlatiladi
O‘zbekiston aeroportlari yangi ICAO kodiga o‘tdi: UT o‘rniga endi UZ ishlatiladi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston hududidagi barcha aeroportlar xalqaro ICAO kod tizimida yangi — UZ identifikatoriga o‘tdi
2025-10-03T12:04+0500
2025-10-03T12:04+0500
2025-10-03T12:04+0500
jamiyat
o‘zbekiston
aeroport
yangi tartib
loyiha
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/05/10/49392738_0:0:3642:2048_1920x0_80_0_0_73dacdd1b282d6e3593265081d79f4b0.jpg
TOShKENT, 3 okt – Sputnik. O‘zbekiston hududidagi barcha aeroportlar xalqaro ICAO kod tizimida yangi — UZ identifikatoriga o‘tdi. Bu haqda “O‘zaeronavigatsiya” markazi xabar berdi.Endilikda mamlakat aeroportlarining kodlari avvalgidek UT bilan emas, UZ bilan boshlanadi. Masalan, Toshkent xalqaro aeroportining kodi UTTT o‘rniga UZTT bo‘ladi.ICAO bu BMT huzuridagi Xalqaro fuqarolik aviatsiyasi tashkiloti bo‘lib, u har bir mamlakat uchun o‘ziga xos aeroport kodlarini belgilaydi. Kodlar global aviatsiya tizimida aviatsion xavfsizlik, parvozlar koordinatsiyasi va navigatsiya uchun muhim texnik asoslardan biri hisoblanadi.Shuningdek, mamlakat havo hududida yagona o‘tish balandligi va o‘tish esheloni ham joriy etildi:Ilgari bu qiymatlar 6 000 va 8 000 fut edi.
https://oz.sputniknews.uz/20250828/yangi-aeroport-qurilish-bitkazilish-51564227.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/05/10/49392738_0:0:2732:2048_1920x0_80_0_0_e84025dfaaa1c2f6d1bdf58aab3d7cbc.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston aeroport icao kod uz
o‘zbekiston aeroport icao kod uz
O‘zbekiston aeroportlari yangi ICAO kodiga o‘tdi: UT o‘rniga endi UZ ishlatiladi
Parvozlarning koordinatsiyasi, xavfsizligi va navigatsiyasi yangi bosqichga chiqdi.
TOShKENT, 3 okt – Sputnik. O‘zbekiston hududidagi barcha aeroportlar xalqaro ICAO kod tizimida yangi — UZ identifikatoriga o‘tdi. Bu haqda “O‘zaeronavigatsiya” markazi
xabar berdi.
Endilikda mamlakat aeroportlarining kodlari avvalgidek UT bilan emas, UZ bilan boshlanadi. Masalan, Toshkent xalqaro aeroportining kodi UTTT o‘rniga UZTT bo‘ladi.
ICAO bu BMT huzuridagi Xalqaro fuqarolik aviatsiyasi tashkiloti bo‘lib, u har bir mamlakat uchun o‘ziga xos aeroport kodlarini belgilaydi. Kodlar global aviatsiya tizimida aviatsion xavfsizlik, parvozlar koordinatsiyasi va navigatsiya uchun muhim texnik asoslardan biri hisoblanadi.
Shuningdek, mamlakat havo hududida yagona o‘tish balandligi va o‘tish esheloni ham joriy etildi:
Yagona o‘tish balandligi — 13 000 fut (taxminan 4 km)
O‘tish esheloni (FL) — FL150, ya’ni 15 000 fut (4,5 km)
Ilgari bu qiymatlar 6 000 va 8 000 fut edi.
“Bu o‘zgarishlar strategik ahamiyatga ega bo‘lib, uchuvchilar va dispetcherlar ishini yengillashtiradi, radiosessiyalar sonini kamaytiradi va havo harakatini boshqarishni yanada aniqlashtiradi”, — deyiladi rasmiy axborotda.
O‘zbekistondagi asosiy aeroportlarning kodlari
Aeroport | oldin | keyin |
Toshkent (I.Karimov nomidagi) | UTTT | UZTT |
Toshkent-Sharqiy | UTTR | UZTR |
Samarqand | UTSS | UZSS |
Buxoro | UTSB | UZSB |
Termiz | UTST | UZST |
Qarshi | UTSK | UZSK |
Navoiy | UTSA | UZSA |
Farg‘ona | UTFF | UZFF |
Andijon | UTFA | UZFA |
Namangan | UTFN | UZFN |
Urganch | UTNU | UZNU |
Nukus | UTNN | UZNN |