https://oz.sputniknews.uz/20251003/eoii-davlat-mikroelektronika-sanoat-hamkorlik-52425282.html
YeOII davlatlari mikroelektronika sanoatida hamkorlikni kengaytirmoqda
YeOII davlatlari mikroelektronika sanoatida hamkorlikni kengaytirmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) o‘tkazgan tadbir doirasida mikroelektronika ishlab chiqarish sohasida sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
2025-10-03T14:04+0500
2025-10-03T14:04+0500
2025-10-03T14:04+0500
o‘zbekiston va yeoii
iqtisod
o‘zbekiston
yeoii
hamkorlik
raqamli texnologiyalar
loyiha
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/03/03/48208970_0:191:2960:1856_1920x0_80_0_0_64cc4518956b71ecd98818906f41e9e4.jpg
TOShKENT, 3 okt – Sputnik. Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) o‘tkazgan tadbir doirasida mikroelektronika ishlab chiqarish sohasida sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) matbuot xizmati xabar berdi.Tadbirda YeIK Sanoat siyosati departamenti direktorining o‘rinbosari Vitaliy Vovk, YeOIIga a’zo davlatlarning vakolatli davlat organlari hamda mikroelektronika mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi va ishlab chiquvchi 30 taga yaqin yirik kompaniya vakillari ishtirok etgan.Ta’kidlanishicha, suhbat chog‘ida mikroelektronika sanoatini rivojlantirish istiqbollari yo‘nalishidagi hamkorlikni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari, xususan, YeIK tomonidan yaratilgan kooperatsion moliyalashtirish dasturlari imkoniyatlari o‘rganilgan.Vitaliy Vovk o‘z nutqida mikroelektronika sohasidagi hamkorlikni ittifoq sanoatining barqarorligi, innovatsion faolligi va texnologik mustaqilligini ta’minlovchi asosiy yo‘nalishlardan biri sifatida baholadi.Mutaxassislarning fikricha, mikroelektronika — avtomobilsozlikdan tortib mudofaa, tibbiyot, aloqa va sun’iy intellektgacha bo‘lgan ko‘plab strategik sohalarning asosi bo‘lib xizmat qiladi. Shu bois YeOII doirasida bu yo‘nalishda mustahkam sanoat hamkorligi yo‘lga qo‘yilishi muhim texnologik ustunlikni ta’minlaydi.
https://oz.sputniknews.uz/20251002/eoii-moliya-52406908.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/03/03/48208970_115:0:2846:2048_1920x0_80_0_0_23d3beb46369cd2b9b7b2b7da07577de.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi yeoii tadbir mikroelektronika ishlab chiqarish soha sanoat kooperatsiya muhokama
yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi yeoii tadbir mikroelektronika ishlab chiqarish soha sanoat kooperatsiya muhokama
YeOII davlatlari mikroelektronika sanoatida hamkorlikni kengaytirmoqda
Hamkorlik ushbu davlatlar uchun avtomobilsozlikdan tortib mudofaa, tibbiyot, aloqa va sun’iy intellektgacha bo‘lgan ko‘plab strategik sohalar ustunlik qilish imkoniyatini beradi.
TOShKENT, 3 okt – Sputnik. Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) o‘tkazgan tadbir doirasida mikroelektronika ishlab chiqarish sohasida sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) matbuot xizmati
xabar berdi.
Tadbirda YeIK Sanoat siyosati departamenti direktorining o‘rinbosari Vitaliy Vovk, YeOIIga a’zo davlatlarning vakolatli davlat organlari hamda mikroelektronika mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi va ishlab chiquvchi 30 taga yaqin yirik kompaniya vakillari ishtirok etgan.
Ta’kidlanishicha, suhbat chog‘ida mikroelektronika sanoatini rivojlantirish istiqbollari yo‘nalishidagi hamkorlikni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari, xususan, YeIK tomonidan yaratilgan kooperatsion moliyalashtirish dasturlari imkoniyatlari o‘rganilgan.
Vitaliy Vovk o‘z nutqida mikroelektronika sohasidagi hamkorlikni ittifoq sanoatining barqarorligi, innovatsion faolligi va texnologik mustaqilligini ta’minlovchi asosiy yo‘nalishlardan biri sifatida baholadi.
“Mikroelektronika ishlab chiqarish sohasidagi kooperatsiya – bu asosiy strategik yo‘nalish. U nafaqat sanoat tarmoqlarini zamonaviy texnologiyalar bilan ta’minlaydi, balki YeOII davlatlari va kompaniyalarining ilmiy-texnik yetakchiligini, mahsulotlarning raqobatbardoshligini va biznes samaradorligini oshiradi”, – dedi Vovk.
Mutaxassislarning fikricha, mikroelektronika — avtomobilsozlikdan tortib mudofaa, tibbiyot, aloqa va sun’iy intellektgacha bo‘lgan ko‘plab strategik sohalarning asosi bo‘lib xizmat qiladi. Shu bois YeOII doirasida bu yo‘nalishda mustahkam sanoat hamkorligi yo‘lga qo‘yilishi muhim texnologik ustunlikni ta’minlaydi.