“Biznikilarni bil” tanlovi: O‘zbek milliy brendlari uchun xalqaro maydonga yo‘l ochildi

© Foto : TTP Uzbekistana “Biznikilarni bil” nomli milliy brendlar tanlovi
“Biznikilarni bil” nomli milliy brendlar tanlovi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.10.2025
Obuna bo‘lish
Tadbirkorlarga Rossiya bozoriga chiqish huquqini tasdiqlovchi maxsus sertifikatlar topshirildi.
TOShKENT, 3 okt – Sputnik. Toshkent shahrida “Biznikilarni bil” nomli milliy brendlar tanlovining ilk marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, tanlovda qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik, texnologiya, dizayn va boshqa yo‘nalishlarda faoliyat yurituvchi tadbirkorlar ishtirok etgan. Ular o‘z biznes tarixi, milliy qadriyatlarni aks ettiruvchi mahsulotlari va innovatsion yechimlarini namoyish etishgan.
“Bu loyiha hunarmandlar, startaplar hamda kreaktiv industriya vakillarining salohiyatini ochib berish, ularni eksportga tayyor brendlarga aylantirishga xizmat qiladi”, – deyiladi xabarda.
© Foto : TTP Uzbekistana “Biznikilarni bil” nomli milliy brendlar tanlovini
“Biznikilarni bil” nomli milliy brendlar tanlovini - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.10.2025
“Biznikilarni bil” nomli milliy brendlar tanlovini
Tanlov yakunida g‘olib bo‘lgan ishtirokchilarga Rossiya Federatsiyasining Strategik tashabbuslar agentligi ko‘magida tayyorlangan, ularning Rossiya bozoriga chiqish huquqini tasdiqlovchi maxsus sertifikatlar topshirilgan.
Loyiha doirasida ishlab chiqaruvchilar va investorlar o‘rtasida aloqalar mustahkamlanib, tanlov g‘oliblari mahsulotlarini milliy hamda xalqaro ko‘rgazmalarda namoyish etish imkoniyatiga ega bo‘lishgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyada ushbu tanlov so‘nggi uch yil ichida 30 mingdan ortiq brendni qamrab olgan. Tanlovning so‘nggi bosqichiga yetib borgan kompaniyalar o‘rtacha 50 foizdan ortiq daromad o‘sishiga erishgan, ayrim ishtirokchilar esa savdo hajmini 2–3 barobarga ko‘paytirgan.
Tashkilotchilarning ta’kidlashicha, “Biznikilarni bil” tanlovi O‘zbekiston iqtisodiyotini milliy brendlar orqali rivojlantirishga qaratilgan davlat strategiyasining bir qismi sifatida qaralmoqda. U mahalliy mahsulotlar eksportini rag‘batlantirish, tashqi bozorlarga chiqish yo‘lida zarur ko‘mak mexanizmlarini yaratadi.
Tadbir O‘zbekistonprezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi hamda Savdo-sanoat palatasi tomonidan, Rossiyaning Strategik tashabbuslar agentligi hamkorligida tashkil etildi. U haqida dastlab joriy yilning sentabr oyida Sankt-Peterburgda o‘tkazilgan “Sharqiy iqtisodiy forum – 2025” doirasida e’lon qilingan edi.
O‘zbekistonda Rossiyaning Biznikilarni bil brendlar tanlovi formati o‘tkaziladi
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.09.2025
O‘zbekistonda Rossiyaning "Biznikilarni bil" brendlar tanlovi o‘tkaziladi
Yangiliklar lentasi
0