Ostona forumida elektr energetika va neft-gaz sohasining rivojlanishi muhokama etilmoqda

© Press-slujba Ministerstva energetiki V Astane startovali "Kazakhstan Energy Week - 2025" i forum "Kazenergy"
V Astane startovali Kazakhstan Energy Week - 2025 i forum Kazenergy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.10.2025
Obuna bo‘lish
Ostonada “Kazakhstan Energy Week – 2025” va “Kazenergy” forumi boshlandi. Tadbir global energetik transformatsiya va barqaror rivojlanish masalalariga bag‘ishlandi.
TOShKENT, 3 okt — Sputnik. Ostonada Markaziy Osiyodagi eng yirik energetika tadbirlaridan biri — “Kazakhstan Energy Week – 2025” hamda “Kazenergy” XVI Yevroosiyo forumi o‘z ishini boshladi. Bu haqda O‘zbekiston Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Tadbir energetikaning global transformatsiyasi, ekologik talablarning ortishi va barqaror rivojlanish sharoitida sohaning strategik ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qilishga qaratilgan.
O‘zbekiston Energetika vazirligi boshchiligidagi delegatsiya a’zolari ham forumda ishtirok etdi. Unda “Kazenergy” assotsiatsiyasi raisi, “QazMunayGaz” AJ Boshqaruv raisi, “SOCAR” kompaniyasi prezidenti, “Turkish Petroleum” Boshqaruv raisi va “S&P Global” vitse-prezidenti ham qatnashishdi.
Muhokama davomida elektr energetika va neft-gaz sohasining strategik rivojlanishi, texnologik innovatsiyalar, raqamli yechimlar va ekologik yo‘nalishlar ustuvor ahamiyat kasb etdi.
Shuningdek, global energetik o‘tish jarayoni, dunyo bozoridagi muvozanat o‘zgarishi, sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalarni ishlab chiqarish jarayonlariga joriy etish imkoniyatlari ham ko‘rib chiqildi.
Ministr YeEK Kojoshev i zamestitel genseka ShOS Mitxun - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.09.2025
O‘zbekiston va YeOII
YeOII va ShHT energetika va transport sohasidagi hamkorlikni kengaytiradi
Yangiliklar lentasi
0