Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Peskov: AQSh Ukrainaga Rossiya haqidagi razvedka ma’lumotlarini beradi, bu yangilik emas

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishPress-sekretar prezidenta Rossii Dmitriy Peskov. Arxivnoe foto
Press-sekretar prezidenta Rossii Dmitriy Peskov. Arxivnoe foto  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.10.2025
Obuna bo‘lish
Kreml vakilining so‘zlariga ko‘ra, AQSh razvedka ma’lumotlarini muttasil ravishda Ukrainaga uzatib turibdi.
TOShKENT, 2 okt – Sputnik. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov AQSh tomonidan Ukrainaga uzatilayotgan razvedka ma’lumotlari haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.
“Bu — ommaviy axborot vositalarining xabari. Biroq tajriba shuni ko‘rsatdiki, yo‘q joydan bu kabi xabarlar paydo bo‘lmaydi. AQSh Ukrainaga razvedka ma’lumotlarini doimiy, onlayn rejimda uzatadi”, – dedi u.
Peskov aynan qaysi razvedka ma’lumotlari uzatilayotgani haqida taxmin qilish mumkinligini qayd etgan.
Shuningdek, u NATO va AQShning butun infratuzilmasi Ukraina bilan ma’lumot almashuv va razvedka yig‘ish tizimlarida faol ishtirok etishi, bu inkor etib bo‘lmas haqiqat ekanligiga ham alohida to‘xtalgan.
Dmitriy Peskov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.09.2025
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Putin Ukraina mojarosi sabablarini hal etishni taklif qilgan, biroq G‘arb rad etgan – Peskov
Yangiliklar lentasi
0