Palov indeksi: 1 kg o‘zbek milliy taomini tayyorlash hududlarda qanchaga tushmoqda?

Obuna bo‘lish
Milliy statistika qo‘mitasi tomonidan ilk bor 2020-yil yanvar oyida joriy etilgan Palov indeksi orqali mamlakatning turli hududlarida palov tayyorlash uchun zarur masalliqlarning o‘zgaruvchan narxi muntazam kuzatib borilmoqda.
2025 yil sentabr oyi yakunlariga ko‘ra, hududlarda 1 kilogramm palov tayyorlash qiymati 99,8 ming so‘mdan 119,3 ming so‘mgacha bo‘lgan.
Taqqoslash uchun aytadigan bo‘lsak, bir oy avval bu ko‘rsatkich 98,6 ming so‘mdan 117,4 ming so‘mgacha edi.
Palov indeksini hisoblashda quyidagi standart masalliqlar to‘plami asos qilib olinadi:
0,3 l o‘simlik yog‘i
300 gr piyoz
700 gr mol go‘shti
1 kg sabzi
1 kg guruch
100 gr no‘xat
10 gr zira
20 gr osh tuzi
Tahlillarga ko‘ra, eng qimmat palov Toshkentda, eng arzon palov esa Qoraqalpog‘istonda tayyorlanmoqda.
O‘zbekiston hududlarida palov tayyorlash narxlari bo‘yicha batafsil ma’lumotni Sputnik O‘zbekiston infografikasida ko‘rishingiz mumkin.
Yangiliklar lentasi
0