O‘zbekiston TDT bilan transport sohasidagi hamkorlikni chuqurlashtiradi

© Press-slujba Ministerstva transportaMinistr transporta vstretilsya s Generalnim sekretarem OTG
Ministr transporta vstretilsya s Generalnim sekretarem OTG - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.10.2025
Obuna bo‘lish
Transport vaziri Ilhom Mahkamov TDT bosh kotibi bilan uchrashuvda barqaror transport tizimini rivojlantirish va xalqaro forumga tayyorgarlik masalalarini muhokama qildi.
TOShKENT, 2 okt — Sputnik. Qozog‘istonning Olmaota shahrida bo‘lib o‘tgan Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) transport vazirlarining 8-yig‘ilishi doirasida O‘zbekiston transport vaziri Ilhom Mahkamov TDT bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev bilan uchrashdi.
Uchrashuvda tomonlar transport sohasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish va TDTga a’zo davlatlar o‘rtasida barqaror o‘zaro bog‘langan transport tizimini yaratish muhimligini ta’kidlashdi.
Shuningdek, uchrashuvda 2025-yil 12-noyabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Transport vazirligi hamda Turkiy tilli davlatlar logistika markazlari va yuk tashuvchilari alyansi bilan hamkorlikda tashkil etiladigan Xalqaro multimodal tashuvlar forumiga tayyorgarlik ko‘rish masalalari muhokama etildi.
Uchrashuvda tomonlar turkiy tilli davlatlar transport idoralari o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish va chuqurlashtirish tarafdori ekanliklarini tasdiqladilar.
Portativniy losmanskiy navigator na baze sistemi Glonass - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.09.2025
O‘zbekiston va YeOII
YeOIIda transport yuklarini nazorat qilish jarayonlari isloh qilinmoqda
Yangiliklar lentasi
0