O‘zbekiston diplomatlari Irkutskda migrantlar va diaspora bilan uchrashdi

© IA "Dunyo"Uzbekskie diplomati oznakomilis s usloviyami truda i bita sootechestvennikov v Irkutskoy oblasti
Uzbekskie diplomati oznakomilis s usloviyami truda i bita sootechestvennikov v Irkutskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.10.2025
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi diplomatlari Irkutsk shahrida o‘zbek diasporasi va mehnat migrantlari bilan uchrashib, qonuniy mehnat va ijtimoiy yordam masalalari bo‘yicha ma’lumot berdi
TOShKENT, 2 okt — Sputnik. O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi diplomatlari amaliy safar bilan ushbu mamlakatning Irkutsk shahrida bo‘ldi. Bu haqda "Dunyo" AA xabar berdi.
Safar davomida diplomatlar Irkutskda o‘zbek diaspora tashkiloti vakillari, ushbu hududda vaqtincha mehnat qilayotgan va tahsil olayotgan o‘zbekistonliklar bilan uchrashib, mamlakatdagi yangilanishlar va migrantlarni qo‘llab-quvvatlash dasturlari haqida ma’lumot berdi.
Shuningdek, tadbir ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga rasmiylardan batafsil javob oldilar. Uchrashuv davomida Irkutskda moddiy jihatdan og‘ir ahvolga qolgan o‘zbekistonliklar borligi ma’lum bo‘ldi. Ularning vatanga qaytishi uchun amaliy yordam ko‘rsatildi.
Diplomatlar safar davomida Irkutsk shahrida qurilish sohasida va "Fabrika betonov" korxonasida ishlayotgan o‘zbekistonliklar bilan muloqot qilishdi.
Suhbat davomida Rossiyada ishlash huquqini beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish, mehnat faoliyatini qonuniy tarzda olib borish hamda ijtimoiy va moliyaviy qiyin ahvolga tushib qolganlar uchun davlat tomonidan ko‘rsatiladigan yordam turlariga to‘xtalib o‘tildi.
Rabochiy na stroitelnoy ploshadke - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.07.2025
O‘zbekiston va YeOII
2024 yilda YeOIIda mehnat migrantlari soni ortdi
Yangiliklar lentasi
0