Iordaniya kompaniyasi O‘zbekistonda dori ishlab chiqarishni mahalliylashtirishi mumkin

© Press-slujba Ministerstva investitsiy, promishlennosti i torgovliSostoyalas vstrecha s glavnim ispolnitelnim direktorom iordanskoy kompanii Dar Al-Dawa
Sostoyalas vstrecha s glavnim ispolnitelnim direktorom iordanskoy kompanii Dar Al-Dawa - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.09.2025
Obuna bo‘lish
Investitsiyalar vazirligida Yaqin Sharqning yirik farmatsevtika ishlab chiqaruvchisi bilan uchrashuvda O‘zbekistonda mahalliy dori vositalari ishlab chiqarish imkoniyatlari muhokama qilindi.
TOShKENT, 30 sen – Sputnik. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida Iordaniyaning "Dar Al-Dawa" kompaniyasi bosh ijrochi direktori Xaled Xarb bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muzokaralar davomida farmatsevtika sohasidagi hamkorlikni kengaytirish istiqbollari, ilg‘or texnologiyalarni jalb etish va qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Alohida e’tibor O‘zbekistonda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va zamonaviy sifat standartlarini joriy etish masalalariga qaratildi.
"Dar Al-Dawa Development & Investment Co. Ltd" 1975-yilda tashkil etilgan bo‘lib, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika mintaqasidagi eng yirik farmatsevtika ishlab chiqaruvchilardan biri hisoblanadi. Kompaniyaning bosh ofisi Amman shahrida joylashgan bo‘lib, mahsulotlari dunyoning 40 tadan ortiq mamlakatlariga eksport qilinadi.
Proizvodstvo lekarstvennix preparatov v kompanii BIOCAD v Sankt-Peterburge. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.08.2025
O‘zbekiston va YeOII
YeOII: Dori vositalarining umumiy bozorini rivojlantirish konsepsiyasi nimani nazarda tutadi
Yangiliklar lentasi
0