Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Kiyev shov-shuvli ig‘vo hozirlamoqda – Rossiya Tashqi razvedkasi

© AP Photo / Evgeniy MaloletkaUkrainskaya bronirovannaya voyennaya mashina
Ukrainskaya bronirovannaya voyennaya mashina - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.09.2025
Obuna bo‘lish
Rossiya Tashqi razvedka xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, Polshaga go‘yoki Rossiya va Belarus maxsus bo‘linmalaridan iborat qo‘poruvchi razvedka guruhini tashlash rejalashtirilgan.
TOShKENT, 30 sen – Sputnik. Ukraina hukumat NATO Rossiya bilan qarama-qarshilikka jalb qilish uchun yangi shov-shuvli ig‘vo hozirlamoqda. Bu haqda Rossiya Tashqi razvedka xizmati ogohlantirdi.
Ta’kidlanishicha, Kiyev Polsha va Ruminiyada dronlar bilan ig‘vo uyushtirgandan keyin NATO Rossiya bilan qurolli ziddiyatga tortish urinishlarini qo‘ymayapti.
“Galdagi ig‘vo hozirlanmoqda”, - deyiladi xabarda.
Rossiya Tashqi razvedka xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, Polshaga go‘yoki Rossiya va Belarus maxsus bo‘linmalaridan iborat qo‘poruvchi razvedka guruhini tashlash rejalashtirilgan.
Bu ig‘voni “Ozod Rossiya” Legioni”* va Belarusning “Kalinovskiy polki”** jangarilari amalga oshiradi. Qayd etilishicha, sahnalashtirishda ishtirok etish uchun nomzodlar tanlab olingan.
Rossiya razvedkasi operatsiya Polshaning muhim infratuzilmalari obyektlariga hujum qilishni o‘xshatish bo‘lishini inkor qilmayapti.
Taxmin qilinishicha, bu qo‘poruvchilar Polsha harbiylari tomonidan aniqlangani va zararsizlantirilgandan keyin guruh a’zolari jurnalistlar oldida chiqish qilishadi va Polshadagi vaziyatni izdan chiqarishdagi urinishda Moskva va Minskni fosh qiluvchi tan oluvchi ko‘rsatmalar berishadi.
Shu tariqa, Ukraina Yevropani Rossiyaga qarshi o‘ta keskin harbiy javob qaytarishga undashga urinib ko‘radi.
“Muqarrar mag‘lub bo‘lish qarshisida Zelenskiy rejimi yevropaliklar bilan berkinib, hatto “katta urushni” boshlash qiymati bilan o‘ylamasdan ish qilishga tayyor”, - deyiladi xabarda.
*Rossiyada terrorchi tashkilot deb topilgan va faoliyati taqiqlangan
**Belarusda terrorchi faoliyatlarga aloqador tashkilotlar ro‘yxatiga kiritilgan
Yangiliklar lentasi
0