Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

Aripov YeOII davlatlariga yangi hamkorlik yo‘nalishlarini taklif etdi

© informatsionnoe agentstvo "Belta"Premyer-ministr Uzbekistana vistupil na plenarnoy sessii "INNOPROM
Premyer-ministr Uzbekistana vistupil na plenarnoy sessii INNOPROM - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.09.2025
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston bosh vaziri Rossiya, Belarus, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va tojikistonlik hamkasblari bilan “Innoprom. Belarus” xalqaro sanoat ko‘rgazmasining yalpi majlisida ishtirok etdi.
TOShKENT, 30 sen – Sputnik. O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov "Yangi texnologiyalar ittifoqi: kelajak sanoatini yaratish" ko‘rgazmasining yalpi majlisida Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqidagi hamkorlikning asosiy yo‘nalishlarini aytib o‘tdi.
U prezident Shavkat Mirziyoyev MDH va YeOII bo‘yicha sheriklar bilan ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirishga katta e’tibor qaratayotganini ma’lum qildi. Iqtisodiyotning real sektorida sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha muhim loyihalar amalga oshirilmoqda. Umumiy portfel 70 milliard dollarlik 600 ta qo‘shma loyihadan oshadi.
Samarali maydonlardan biri - har yili o‘tkaziladigan "INNOPROM.Markaziy Osiyo” xalqaro ko‘rgazmasi. Bu yilgi 5-ko‘rgazmada 35 ta mamlakatdan 11 mingdan ziyod vakil ishtirok etdi. Investitsiya loyihalari va savdo bitimlari bo‘yicha erishilgan kelishuvlar 5 milliard dollardan oshdi.
Biz hamkorlarimiz bilan kooperatsiyani yanada rivojlantirishga tayyormiz va ularning Toshkentdagi "INNOPROM.Markaziy Osiyo” tadbirlarida faol ishtirokini mamnuniyat bilan qarshi olamiz", — dedi Aripov.
Biroq uning so‘zlariga ko‘ra, mavjud salohiyatning barchasidan ham foydalanilmayapti. U yalpi majlis mavzusidan kelib chiqib, yaqin muddatli istiqbolda eng kuchli drayverlardan biri bo‘lishi mumkin bo‘lgan asosiy yo‘nalishlarni sanab o‘tdi.
Birinchisi, bu texnologik minerallar. Bugungi kunda sanoatda ularga bo‘lgan talab ortib bormoqda. Bosh vazir O‘zbekiston yirik mineral resurslar- eng muhim metallar bazasiga ega ekanini ta’kidladi. Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Toshkent va Samarqand viloyatlarida "Kelajak metallari" texnoparklari tashkil etilmoqda.
U salohiyatli hamkorlarni yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha innovatsion texnologiyalar asosida qo‘shma loyihalarni ishlab chiqishga taklif qildi.
Shu bilan birga, Aripov iqtisodiyotni barqaror energiya resurslari bilan ta’minlash dolzarbligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan qisqa davrda energetika sohasida O‘zbekiston 6 milliard dollardan ortiq to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni o‘zlashtirdi, elektr energiyasi ishlab chiqarish 59 milliard kVt/soatdan 82 milliard kVt/soatgacha oshdi.
Bosh vazir mamlakat energetika sohasida tajriba almashish va qo‘shma innovatsion loyihalarni amalga oshirishga tayyor ekanligini qo‘shimcha qilib o‘tdi.
Bundan tashqari, O‘zbekistonda innovatsiyalar va raqamli texnologiyalarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, AT sohasida yangi raqamli platformalar, data-markazlar, DPU klasteri paydo bo‘ladi.
Aripov ta’kidlashicha, 8-yil oldin AT sohasi eksporti 1 million dollarga ham yetmas edi. O‘tgan yili esa bu ko‘rsatkich 1 milliard dollarga yetdi. 2030-yilgacha uni 5 milliard dollargacha yetkazish rejalashtirilgan.
Aripov amaliy yechimlar, tajriba va sun’iy intellekt modellari almashish uchun hamkorlik mexanizmlarini ishlab chiqishda sa’y-harakatlarni birlashtirishni taklif qildi. Bu texnologik o‘sishni tezlashtirish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va ilg‘or texnologiyalarni joriy etish imkonini beradi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston bosh vaziri hamkorlarni kreativ sanoat sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga taklif qildi, shuningdek, Ittifoq mamlakatlarining yetakchi texnika oliy o‘quv yurtlari bilan yaqin hamkorlikni kengaytirishga tayyorligini bildirdi.
Zasedanie Soveta glav pravitelstv SNG
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.09.2025
MDH Hukumat rahbarlari majlisida ilm-fan, iqtisodiyot va xavfsizlik kelishuvlari imzolandi
Yangiliklar lentasi
0