https://oz.sputniknews.uz/20250928/un-netanyahu-nutq-davlat-majlis-52322582.html
Netanyaxu BMTdagi nutqi paytida "yakkalanib qoldi"
Netanyaxu BMTdagi nutqi paytida "yakkalanib qoldi"
Sputnik O‘zbekiston
Davlatlar ichida sessiyaga umuman kelmaganlar va boykot e’lon qilganlar ham bor. 28.09.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-09-28T16:02+0500
2025-09-28T16:02+0500
2025-09-28T16:02+0500
isroil-falastin mojarosi
dunyoda
bmt
isroil
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/09/1c/52322380_0:0:3072:1728_1920x0_80_0_0_643784a53c696205459372e87d3ce4d0.jpg
TOShKENT, 28 sen – Sputnik. Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Bosh Assambleyasidagi chiqishi 77 ta davlat tomonidan e’tiborsiz qoldirildi. Bu haqda "Ynetnews" xabar berdi.Unga ko‘ra, ayrim davlatlar vakillari umuman yig‘ilishda ishtirok etmagan bo‘lsa, ko‘pchiligi Netanyaxu so‘z boshlashi bilan zalni tark etgan.Isroil rasmiylariga ko‘ra, bu ommaviy e’tiborsizlik holati Tel-Avivning xalqaro maydondagi tobora murakkablashib borayotgan vaziyatini, xususan, G‘azo sektori atrofidagi qarama-qarshiliklar fonida yuzaga kelgan diplomatik tanglikni yana bir bor ko‘rsatib bergan.Eron esa buni “siyosiy yakkalik” deb izohlab, Ali Xomanaiy hatto o‘z ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalarida norozilik aks etgan materiallarni joylashtirgan.
https://oz.sputniknews.uz/20250916/prezident-palestine-mustaqillik-huquqi-hurmat-51987838.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/09/1c/52322380_332:0:3063:2048_1920x0_80_0_0_0f48ce29c6d4127247690761d7bf2de9.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, bmt, isroil
Netanyaxu BMTdagi nutqi paytida "yakkalanib qoldi"
Davlatlar ichida sessiyaga umuman kelmaganlar va boykot e’lon qilganlar ham bor.
TOShKENT, 28 sen – Sputnik. Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Bosh Assambleyasidagi chiqishi 77 ta davlat tomonidan e’tiborsiz qoldirildi. Bu haqda "Ynetnews"
xabar berdi.
Unga ko‘ra, ayrim davlatlar vakillari umuman yig‘ilishda ishtirok etmagan bo‘lsa, ko‘pchiligi Netanyaxu so‘z boshlashi bilan zalni tark etgan.
Nutqni boykot qilgan davlatlar orasida Misr, Iordaniya, Livan, Suriya, Turkiya, Saudiya Arabistoni, Eron kabi davlatlar bor.
Isroil rasmiylariga ko‘ra, bu ommaviy e’tiborsizlik holati Tel-Avivning xalqaro maydondagi tobora murakkablashib borayotgan vaziyatini, xususan, G‘azo sektori atrofidagi qarama-qarshiliklar fonida yuzaga kelgan diplomatik tanglikni yana bir bor ko‘rsatib bergan.
Biroq Bahrayn va Birlashgan Arab Amirliklari delegatsiyalari Isroil bilan mavjud keskinlikka qaramay, zalda qolib, nutqni to‘liq tinglashgan. Bu holat ayrim kuzatuvchilar tomonidan diplomatik muvozanat saqlash harakati sifatida baholangani aytildi.
Eron esa buni “siyosiy yakkalik” deb izohlab, Ali Xomanaiy hatto o‘z ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalarida norozilik aks etgan materiallarni joylashtirgan.