“Risola” hunarmandchilik uyining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi - foto

Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
"Risola" hunarmandchilik uyi turizm, hunarmandchilikni rivojlantirish hamda ijtimoiy sohalarda faoliyat yuritadi.
2025 yil 27-sentabr kuni soat 11:00 da fayzli o‘zbek hunarmandining xonadoni ruhini namoyish etuvchi “Risola” hunarmandchilik uyining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
"Risola" hunarmandchilik uyi 1960-yillarda qurilgan xushmanzarali o‘zbek uyida joylashgan.
Hunarmandchilik uyida quyidagilar mavjud:
Markaziy Osiyoning 15 dan ortiq kulolchilik maktablarini va Afg‘oniston kulolchiligini qamrab olgan kolleksiya namoyish etilgan kulolchilik muzeyi;
an’anaviy kulolchilik, kashtachilik va gilam to‘qish ustaxonalari;
O‘zbekistonning deyarli barcha markazlari namunalari o‘rin olgan kulolchilik buyumlari galereyasi;
milliy taomlar va mehmon qabul qilish xonalari.
"Risola" hunarmandchilik uyi turizm, hunarmandchilikni rivojlantirish hamda ijtimoiy sohalarda faoliyat yuritadi. Shuningdek, kam ta’minlangan aholi qatlamlarini hunarga o‘rgatish orqali qo‘llab-quvvatlashni nazarda tutadi.
"Risola" hunarmandchilik uyiga tashrif buyuruvchilar uchun xizmatlar:
- hunarmandchilik uyi, muzey va ustaxonalar bo‘ylab ekskursiya;
- kulolchilik bo‘yicha mahorat darslari (kulolchilik charxida shakl yasash, sopol idishga naqsh chizish, hushtak o‘yinchoqlar yasash);
- kashtachilik bo‘yicha mahorat darslari (ignada “bosma” va “yo‘rma” uslublarida kashta tikish, bigizda “yo‘rma” uslubida kashta tikish);
- gilam to‘qish bo‘yicha mahorat darslari (yog‘och dastgohda ipak iplar bilan gilam to‘qish);
- buxorocha “Oshi sofi” pishirish bo‘yicha mahorat darsi;
- toshkentcha “To‘y oshi” pishirish bo‘yicha mahorat darsi.
Kulolchilik muzeyi: Kulolchilik muzeyida O‘zbekistonning 15 tadan ortiq kulolchilik markazlari va Afg‘oniston kulolchilik namunalari namoyish etilgan. Tashrifchilar bu yerda kulolchilik tarixi, mamlakatning turli kulolchilik markazlari faoliyati hamda kulolchilik bilan shug‘ullanib kelayotgan Narzullayevlar sulolasining 200-yillik tarixi bilan tanishishlari mumkin.
Gilam to‘qish ustaxonasi:
Bu ustaxonada G‘ijduvonda qayta tiklanayotgan va rivojlantirilayotgan buxoro ipak gilamlari namunasi namoyish etilgan bo‘lib, bu jarayonga sulolaning yorqin vakili — Maxfuzabonu Narzullayeva rahbarlik qilmoqda. Mehmonlarga ipak iplari va tabiiy bo‘yoqlardan foydalangan holda yog‘och dastgohda gilam to‘qish jarayoni namoyish etiladi. Shu bilan birga, hududdagi gilamchilik tarixi haqida ham ma’lumot beriladi.
Kashtachilik ustaxonasi:
Bu ustaxonada tashrifchilar G‘ijduvon kashtachiligi tarixi, uning o‘ziga xos jihatlari va texnikasi bilan tanishadilar. Shuningdek, ustalar "bosma" va "yo‘rma" uslublaridagi kashtachilik jarayonini namoyish etib berishadi.
Kulolchilik galereyasi:
Bu yerda O‘zbekistonning turli kulolchilik markazlari ustalari tomonidan yaratilgan asarlar ko‘rgazmasi joy olgan.
Shuningdek, "Risola" hunarmandchilik uyida mehmonlar ko‘k bir piyola choydan bahramand bo‘lib, suhbat qurishlari mumkin.
© Sputnik / Bakhrom Khatamov

“Risola” hunarmandchilik uyining ochilishi

“Risola” hunarmandchilik uyining ochilishi - Sputnik O‘zbekiston
1/15

2/15

3/15

4/15

5/15

6/15

7/15

8/15

9/15

10/15

11/15

12/15

13/15

14/15

15/15

“Risola” hunarmandchilik uyining ochilishi

Loyiha muallifi va kuratori: O‘zbekiston Xalq ustasi Abdullo Narzullayev, loyiha hammuallif: Dilnoza Narzullayeva.
“Risola” hunarmandchilik uyi G‘ijduvon hunarmandchilik markazi, “Hunarmand” uyushmasi tomonidan tashkil etildi. Turizm qo‘mitasi, Uchtepa hokimiyati hamkor tashkilotlar bo‘ldi.
Joylashuv manzili: Toshkent shahri, Uchtepa tumani, Zulfizar ko‘chasi 162-uy.
Yangiliklar lentasi
0