Lavrov: Rossiya-AQSh muzokaralarining uchinchi bosqichi joriy kuzda bo‘lib o‘tadi

© Sputnik / Pavel Bednyakov / Mediabankka o‘tishFlagi Rossii i SShA, arxivnoe foto
Flagi Rossii i SShA, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.09.2025
Obuna bo‘lish
Moskva va Vashington o‘z diplomatik idoralari faoliyati bo‘yicha muloqot olib bormoqda.
TOShKENT, 28 sen – Sputnik. Rossiya Federatsiyasi va Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘rtasidagi ikki tomonlama muloqotlarning uchinchi bosqichi joriy kuzda bo‘lib o‘tadi, deb ma’lum qildi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov.
Bu haqda u BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasi yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida aytib o‘tdi.

"Bizning muloqotimiz vizalar, elchixonalar faoliyati, mulk masalalari va diplomatik vakolatxonalarimizning kundalik ishlari bilan bog‘liq boshqa jihatlar haqida davom etmoqda”, – dedi Lavrov OAV vakillariga.

U muzokaralarning ikki bosqichi o‘tganini eslatib, uchinchisini o‘tkazish bo‘yicha AQSh davlat kotibi Mark Rubio bilan kelishuvga erishilganini aytdi.
"Mark Rubio bilan uchinchi bosqichni kuz oylarida o‘tkazishga kelishib oldik”, – dedi Rossiya TIV rahbari.
Sergey Lavrov, shuningdek, Moskva Vashingtonning Rossiya bilan ochiq va halol muloqot yuritish yo‘nalishidan chetga chiqishini taxmin qilmayotganini aytib o‘tdi.

"Biz Qo‘shma Shtatlarning bunga tayyorligini ko‘rapmiz, biz ham bunga tayyormiz. Diplomatik izohlar esa har xil bo‘lishi mumkin”, – dedi Lavrov.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya tashqi ishlar vaziri BMT Bosh Assambleyasining 80-yubiley sessiyasi doirasidagi umumsiyosiy munozaralarda nutq so‘zlagan edi.
Glava MID RF S. Lavrov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.08.2025
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Zelenskiy maqomi, hududlar masalasi va Rossiya maqsadlari: Lavrov NBC uchun intervyu berdi
Yangiliklar lentasi
0