https://oz.sputniknews.uz/20250927/rossiya-temir-yollari-toshkent-oquv-muassasalariga-jihozlar-sovga-qildi-52306394.html
Rossiya temir yo‘llari Toshkent o‘quv muassasalariga jihozlar sovg‘a qildi
Rossiya temir yo‘llari Toshkent o‘quv muassasalariga jihozlar sovg‘a qildi
Sputnik O‘zbekiston
Endi bo‘lajak temiryo‘lchilar kitobdan o‘qigan bilimlarini virtual reallik orqali sinab ko‘rish imkoniga ega bo‘ldi. 27.09.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-09-27T17:56+0500
2025-09-27T17:56+0500
2025-09-28T11:00+0500
video
rossiya
o‘zbekiston - rossiya
o‘zbekiston
temir yo‘l
o‘zbekiston temir yo‘llari
hamkorlik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/09/1b/52306498_0:0:1920:1080_1920x0_80_0_0_90b614e306c409cd7d92b5a50ad35474.png
TOShKENT, 27 sen — Sputnik. "Rossiya temir yo‘llari" (RJD) Toshkent o‘quv muassasalariga jihozlar sovg‘a qildi. Ushbu tashabbus Rossiya temir yo‘llarining xorijda gumanitar salohiyatni rivojlantirish konsepsiyasi doirasida amalga oshirilib u o‘rta, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalarini moddiy-texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlaydi.Toshkent shahridagi 180-sonli ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabiga akustika jihozlari va miksher topshirildi. Oldinroq RJD ushbu maktabga 10 ta interfaol doska, elektron proyektor va musiqa asbob-uskunalari yetkazib berilgan edi.Shu kuni Toshkent transport kollejiga ham monitor va aksessuarlari bilan jihozlangan kompyuter, mobil interaktiv panel, VR garnitura, maxsus o‘quv dasturlari topshirildi. Kollejda, shuningdek, Rossiya temir yo‘llari sovg‘asi bo‘lgan o‘quv va laboratoriya jihozlari, o‘lchash asboblari va yo‘l asboblari to‘plami mavjud.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/09/1b/52306498_254:0:1694:1080_1920x0_80_0_0_91f11e8801223ec7942f2c8190ca988b.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
video, rossiya, o‘zbekiston - rossiya, o‘zbekiston, temir yo‘l, o‘zbekiston temir yo‘llari, hamkorlik, video
video, rossiya, o‘zbekiston - rossiya, o‘zbekiston, temir yo‘l, o‘zbekiston temir yo‘llari, hamkorlik, video
Rossiya temir yo‘llari Toshkent o‘quv muassasalariga jihozlar sovg‘a qildi
17:56 27.09.2025 (yangilandi: 11:00 28.09.2025) Eksklyuziv
Endi bo‘lajak temiryo‘lchilar kitobdan o‘qigan bilimlarini virtual reallik orqali sinab ko‘rish imkoniga ega bo‘ldi.
TOShKENT, 27 sen — Sputnik. "Rossiya temir yo‘llari" (RJD) Toshkent o‘quv muassasalariga jihozlar sovg‘a qildi.
Ushbu tashabbus Rossiya temir yo‘llarining xorijda gumanitar salohiyatni rivojlantirish konsepsiyasi doirasida amalga oshirilib u o‘rta, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalarini moddiy-texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlaydi.
"2023 va 2024-yillarda nafaqat O‘zbekiston, balki Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Turkmaniston, Mo‘g‘ulistonning ta’lim muassasalariga o‘quv va laboratoriya jihozlari, kompyuter texnikasi, darsliklar, elektron o‘quv qo‘llanmalari, jumladan, zamonaviy virtual reallik tizimi katta miqdorda yetkazib berildi", – dedi “Rossiya temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining O‘zbekiston Respublikasidagi bosh vakili Bahodur Urdashev.
Toshkent shahridagi 180-sonli ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabiga akustika jihozlari va miksher topshirildi. Oldinroq RJD ushbu maktabga 10 ta interfaol doska, elektron proyektor va musiqa asbob-uskunalari yetkazib berilgan edi.
Shu kuni Toshkent transport kollejiga ham monitor va aksessuarlari bilan jihozlangan kompyuter, mobil interaktiv panel, VR garnitura, maxsus o‘quv dasturlari topshirildi.
Kollejda, shuningdek, Rossiya temir yo‘llari sovg‘asi bo‘lgan o‘quv va laboratoriya jihozlari, o‘lchash asboblari va yo‘l asboblari to‘plami mavjud.