https://oz.sputniknews.uz/20250927/prezident-huzurida-paxta-yigimi-va-qishga-tayyorgarlik-masalalari-muhokama-qilindi-52293199.html
Prezident huzurida paxta yig‘imi va qishga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi
Prezident huzurida paxta yig‘imi va qishga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi
Sputnik O‘zbekiston
Paxta yig‘imi, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik, “Yashil makon” dasturi hamda investitsiya va eksport bo‘yicha ishlarning borishi tahlil qilindi. 27.09.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-09-27T09:49+0500
2025-09-27T09:49+0500
2025-09-27T09:53+0500
prezident
prezident qarori
shavkat mirziyoyev
paxta
qish
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/09/1a/52288954_0:0:1280:721_1920x0_80_0_0_b91bfd6916b5498dba589814bec2daa6.jpg
TOShKENT, 27 sen — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev rahbarligida hududlarda paxta hosili yig‘imi, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik va boshqa masalalarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.Majlisda shuningdek Samarqand, Sirdaryo va Navoiy viloyatlarida terim holati qoniqarsiz ekani Surxondaryo, Xorazm, Farg‘ona va Andijon viloyatlari yaxshi natija ko‘rsatayotgani qayd etildi. Ma’lumot uchun, bu yil O‘zbekistonda 875 ming gektar maydonga chigit ekilib, 3,7 million tonna hosil uchun shartnomalar tuzilgan. Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatiMajlisda qayd etilishiga ko‘ra, respublika bo‘yicha 640 ta maktab va bog‘chadan 125 tasida ta’mirlash ishlari hali yakunlanmagan. 9,8 ming ko‘p qavatli uyning qariyb mingtasi tayyor emas. Jizzax va Surxondaryodagi qozonxonalar ta’miri ham oxirigacha yetkazilmagan.Prezident ikki hafta ichida bu masalalarni hal etish, nimstansiya, elektr va suv tarmoqlarini mavsumga shay holatga keltirish zarurligini qayd etdi.Shuningdek, aholiga omborlardagi 27 ming tonna tarqatilmay qolgan ko‘mirni hamda kuz-qish mavsumida iste’molchilarga 330 ming tonna suyultirilgan gazni to‘liq yetkazib berish topshirildi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/09/1a/52288954_0:0:1138:853_1920x0_80_0_0_b351c899bd55554c2ffd0940a939154e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
prezident, prezident qarori, shavkat mirziyoyev, paxta, qish
prezident, prezident qarori, shavkat mirziyoyev, paxta, qish
Prezident huzurida paxta yig‘imi va qishga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi
09:49 27.09.2025 (yangilandi: 09:53 27.09.2025) Paxta yig‘imi, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik, “Yashil makon” dasturi hamda investitsiya va eksport bo‘yicha ishlarning borishi tahlil qilindi.
TOShKENT, 27 sen — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev rahbarligida hududlarda paxta hosili yig‘imi, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik va boshqa masalalarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Prezident qisqa vaqt ichida joylarda favqulodda shtablar tuzib, hosilni sifatli yig‘ib olish, fermerlarni o‘ylantirayotgan masalalarni tezkor hal etish, terilgan paxta uchun hisob-kitoblar o‘z vaqtida amalga oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Majlisda shuningdek Samarqand, Sirdaryo va Navoiy viloyatlarida terim holati qoniqarsiz ekani Surxondaryo, Xorazm, Farg‘ona va Andijon viloyatlari yaxshi natija ko‘rsatayotgani qayd etildi.
Ma’lumot uchun, bu yil O‘zbekistonda 875 ming gektar maydonga chigit ekilib, 3,7 million tonna hosil uchun shartnomalar tuzilgan.
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati
Majlisda qayd etilishiga ko‘ra, respublika bo‘yicha 640 ta maktab va bog‘chadan 125 tasida ta’mirlash ishlari hali yakunlanmagan. 9,8 ming ko‘p qavatli uyning qariyb mingtasi tayyor emas. Jizzax va Surxondaryodagi qozonxonalar ta’miri ham oxirigacha yetkazilmagan.
Prezident ikki hafta ichida bu masalalarni hal etish, nimstansiya, elektr va suv tarmoqlarini mavsumga shay holatga keltirish zarurligini qayd etdi.
Shuningdek, aholiga omborlardagi 27 ming tonna tarqatilmay qolgan ko‘mirni hamda kuz-qish mavsumida iste’molchilarga 330 ming tonna suyultirilgan gazni to‘liq yetkazib berish topshirildi.