Yermek Kosherbayev Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri etib tayinlandi

© Sayt posolstva Kazaxstana v RFChrezvichayniy i Polnomochniy Posol Respubliki Kazaxstan v Rossiyskoy Federatsii Kosherbayev Yermek Bedelbayevich
Chrezvichayniy i Polnomochniy Posol Respubliki Kazaxstan v Rossiyskoy Federatsii Kosherbayev Yermek Bedelbayevich - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.09.2025
Obuna bo‘lish
Qozog‘istonda Yermek Kosherbayev tashqi ishlar vaziri etib tayinlandi. U bunga qadar bosh vazir o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi
TOShKENT, 26 sen — Sputnik. Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari Yermek Kosherbayev tashqi ishlar vaziri etib tayinlandi. Bu haqda Qozog‘iston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

"Davlat rahbarining farmoni bilan Yermek Bedelbayevich Kosherbayev Qozog‘iston Respublikasi tashqi ishlar vaziri etib tayinlandi, u avvalgi lavozimidan ozod etildi", - deyiladi xabarda.

Yermek Kosherbayev bosh vazir o‘rinbosari lavozimida 2025-yil fevralidan beri ishlab kelayotgan edi. Bungacha u Sharqiy Qozog‘iston hokimi, Qozog‘istonning Rossiyadagi elchisi, tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.
Tashqi ishlar vaziri lavozimida ishlab kelgan Murat Nurtleu lavozimidan ozod etilib, prezidentning xalqaro investitsiya va savdo hamkorligi bo‘yicha yordamchisi etib tayinlandi.
Prezident RF V. Putin prinyal uchastie v plenarnom zasedanii YeEF - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.09.2025
Qozog‘iston parlamenti bir palatali bo‘lishi mumkin
Yangiliklar lentasi
0