Andijon hokimi Xitoy kompaniyasi bilan 200 mln dollarlik loyihani muhokama qildi

© Press-slujba xokimiyata Andijanskoy oblastiXokim oblasti vstretilsya s kitayskimi investorami
Xokim oblasti vstretilsya s kitayskimi investorami
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.09.2025
Obuna bo‘lish
Andijon viloyati hokimi Xitoyning "Yunnan Construction Investment Group Co" kompaniyasi bilan 200 million dollarlik infratuzilma loyihalarini amalga oshirish masalalarini muhokama qildi
TOShKENT, 26 sen — Sputnik. Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov Xitoyning "Yunnan Construction Investment Group Co" kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Muzokaralar chog‘ida kompaniya tomonidan Bobur (Yangi Andijon) shahri, Andijon tumanidagi "Ipak yo‘li" hamda Paxtaobod tumanidagi to‘qimachilik erkin iqtisodiy zonalarida yirik infratuzilma loyihalarini amalga oshirish masalasi muhokama qilindi.

Loyihalarning umumiy qiymati 200 mln dollar bo‘lib, 2025–2026 yillarda amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda.

Ular doirasida kommunikatsiya tarmoqlarini moliyalashtirish va qurish ishlari nazarda tutilgan.
"Yunnan Construction Investment Group Co" rahbariyati mazkur loyihalar belgilangan tartib va muddatlarda to‘liq yakunlanishini ta’kidladi.
Mestorojdenie zolota - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.08.2025
Xitoy kompaniyasi bilan konlarni o‘zlashtirish sohasida memorandum imzolandi
Yangiliklar lentasi
0