https://oz.sputniknews.uz/20250925/usa-bank-energetik-xavfsizlik-gaz-infratuzilma-52225071.html
AQSh banki bilan energetik xavfsizlik va gaz infratuzilma loyihalari muhokama qilindi
AQSh banki bilan energetik xavfsizlik va gaz infratuzilma loyihalari muhokama qilindi
Sputnik O‘zbekiston
Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov AQShda EXIM Bank Prezidenti Jon Yovanovich bilan uchrashib, moliya, kritik minerallar, energetika xavfsizligi va innovatsiya sohalaridagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi
2025-09-25T09:02+0500
2025-09-25T09:02+0500
2025-09-25T11:33+0500
o‘zbekiston
energetika
gaz
moliyalashtirish
investitsiya
investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
eksport
import
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/09/19/52224906_0:0:1280:721_1920x0_80_0_0_ddbf81b61114863ae4b57f77519e1cf0.jpg
TOShKENT, 25 sen — Sputnik. AQShda investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov AQSh Eksport-import banki (Export-Import Bank of the United States) prezidenti va boshqaruv raisi Jon Yovanovich bilan uchrashdi. Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.Muzokaralarda moliya, texnologiyalar, infratuzilmani modernizatsiya qilish va aviatsiya sohalaridagi loyihalar ijrosi muhokama qilindi.Tomonlar uzoq muddatli hamkorlikni yanada chuqurlashtirish, investitsiyalar va savdoni kengaytirish, innovatsiyalarni joriy etishga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar. Shu nuqtayi nazardan, mamlakat YaIMni 200 mlrd dollarga yetkazishni va O‘zbekistonni ishonchli hamkor sifatida mustahkamlashni ko‘zda tutgan “O‘zbekiston–2030” strategiyasi AQSh bilan hamkorlikni barqaror o‘sish va innovatsion rivojlanishning muhim omili sifatida belgilaydi.
https://oz.sputniknews.uz/20250924/jizzax-nijegorod-viloyat-hamkorlik-52222084.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/09/19/52224906_0:0:1280:960_1920x0_80_0_0_f22eaf50cc0b517971f537bef20f2eb7.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston–aqsh hamkorligi, laziz kudratov, exim bank, jon yovanovich, investitsiya loyihalari, kritik mineral resurslar, energetika xavfsizligi, gaz infratuzilmasi, texnologiya va innovatsiya, “o‘zbekiston–2030” strategiyasi, aqsh o‘zbekiston uchrashuv
o‘zbekiston–aqsh hamkorligi, laziz kudratov, exim bank, jon yovanovich, investitsiya loyihalari, kritik mineral resurslar, energetika xavfsizligi, gaz infratuzilmasi, texnologiya va innovatsiya, “o‘zbekiston–2030” strategiyasi, aqsh o‘zbekiston uchrashuv
AQSh banki bilan energetik xavfsizlik va gaz infratuzilma loyihalari muhokama qilindi
09:02 25.09.2025 (yangilandi: 11:33 25.09.2025) Laziz Kudratov AQShning EXIM Bank Prezidenti bilan muzokaralar o‘tkazib, kritik minerallar, energetika xavfsizligi va gaz infratuzilmasini modernizatsiya qilish masalalarini muhokama etdi
TOShKENT, 25 sen — Sputnik. AQShda investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov AQSh Eksport-import banki (Export-Import Bank of the United States) prezidenti va boshqaruv raisi Jon Yovanovich bilan uchrashdi. Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati
xabar berdi.
Muzokaralarda moliya, texnologiyalar, infratuzilmani modernizatsiya qilish va aviatsiya sohalaridagi loyihalar ijrosi muhokama qilindi.
Katta e’tibor kritik mineral resurslar (CRM), qo‘shimcha qiymat zanjirlarini yaratish va energetik xavfsizlikni mustahkamlash bo‘yicha hamkorlikka qaratildi. Xususan, EXIM Bank ko‘magida gaz infratuzilmasini rivojlantirish loyihalarining ahamiyati alohida ta’kidlandi.
Tomonlar uzoq muddatli hamkorlikni yanada chuqurlashtirish, investitsiyalar va savdoni kengaytirish, innovatsiyalarni joriy etishga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar. Shu nuqtayi nazardan, mamlakat YaIMni 200 mlrd dollarga yetkazishni va O‘zbekistonni ishonchli hamkor sifatida mustahkamlashni ko‘zda tutgan “O‘zbekiston–2030” strategiyasi AQSh bilan hamkorlikni barqaror o‘sish va innovatsion rivojlanishning muhim omili sifatida belgilaydi.