https://oz.sputniknews.uz/20250925/navoiyazot-tsex-toxtatilish-52227947.html
“Navoiyazot” sexi va yana qator korxonalar faoliyati vaqtincha to‘xtatildi
“Navoiyazot” sexi va yana qator korxonalar faoliyati vaqtincha to‘xtatildi
Sputnik O‘zbekiston
Navoiy viloyatida o‘tkazilgan ekologik tekshiruvlar davomida 22 ta sanoat korxonasida qoidabuzarliklar aniqlandi. Sud qarorlari asosida ayrim sexlar, jumladan “Navoiyazot” AJ ammiak sexi vaqtincha ishini to‘xtatdi.
2025-09-25T09:55+0500
2025-09-25T09:55+0500
2025-09-25T10:11+0500
ekologiya
o‘zbekiston
navoiy viloyati
ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi
"navoiyazot" aj
sud
jamiyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/19/44/194431_0:78:1500:922_1920x0_80_0_0_26334691d533ff6a936b07181010a34a.jpg
TOShKENT, 25 sen – Sputnik. Ekologik talablarni buzgani uchun Navoiy viloyatidagi qator sanoat korxonalari, shu jumladan, “Navoiyazot” AJning ammiak sexi ham faoliyati ham vaqtinchalik to‘xtatildi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.Xabarda aytilishicha, Navoiy viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi hamda boshqa mutaxassislar tomonidan Navoiy shahri va Karmana tumani atrofidagi korxonalar faoliyati o‘rganildi. Nazorat tadbirlari davomida 22 ta sanoat korxonasi tomonidan ekologik talablarga zid tarzda faoliyat olib borilayotganligi aniqlanib, qaror asosida ushbu korxonalar faoliyatini to‘xtatish yuzasidan tegishli choralar ko‘rildi hamda 25 nafar mas’ullarning ma’muriy javobgarlik masalasi hal qilindi. Shuningdek, atmosferaga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi 22 ta korxona va sexlar faoliyatini to‘xtatish yuzasidan iqtisodiy sudlarga da’vo arizalari kiritildi. Shulardan Karmana tumanlararo iqtisodiy sudi tomonidan 19 tasi qanoatlantirildi. Eslatib o‘tamiz, iyul oyida Navoiy viloyatida kuzatilgan havoning yuqori ifloslanishi bilan bog‘liq holat o‘rganilib, "Navoiyazot" AJ atrofida tahlil ishlari olib borilganda atmosfera tarkibida ammiak 1,4 baravar hamda vodorod sulfidi 16,8 baravar meyordan yuqoriligi aniqlanganligi to‘g‘risida xabar bergan edik.Ma’lumot uchun: "Navoiyazot" AJ O‘zbekiston va Markaziy Osiyoda yetakchilardan biri bo‘lgan kimyo sanoati korxonasi. Korxonada iqtisodiyotning qishloq xo‘jaligi, sanoat, tibbiyot va boshqa sohalarida qo‘llaniladigan keng turdagi kimoviy mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20250913/toshkent-viloyati-ieslari-2026-yil-oxirigacha-filtrlar-bilan-jihozlanadi-51946084.html
o‘zbekiston
navoiy viloyati
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/19/44/194431_84:0:1417:1000_1920x0_80_0_0_923304c2db6d7e63233a355414a870f8.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
navoiy viloyati, ekologik talablar, “navoiyazot” aj, ammiak sexi, havo ifloslanishi, sanoat korxonalari, ekologik tekshiruv, atmosfera tahlillari, ekologiya vazirligi, ekologik qoidabuzarlik, “navoiazot” aj
navoiy viloyati, ekologik talablar, “navoiyazot” aj, ammiak sexi, havo ifloslanishi, sanoat korxonalari, ekologik tekshiruv, atmosfera tahlillari, ekologiya vazirligi, ekologik qoidabuzarlik, “navoiazot” aj
“Navoiyazot” sexi va yana qator korxonalar faoliyati vaqtincha to‘xtatildi
09:55 25.09.2025 (yangilandi: 10:11 25.09.2025) Navoiy viloyatida ekologik talablarni buzgan sanoat korxonalari faoliyati to‘xtatildi. Ular orasida “Navoiyazot” AJ ammiak sexi ham vaqtincha ishini to‘xtatdi
TOShKENT, 25 sen – Sputnik. Ekologik talablarni buzgani uchun Navoiy viloyatidagi qator sanoat korxonalari, shu jumladan, “Navoiyazot” AJning ammiak sexi ham faoliyati ham vaqtinchalik to‘xtatildi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi matbuot xizmati
xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, Navoiy viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi hamda boshqa mutaxassislar tomonidan Navoiy shahri va Karmana tumani atrofidagi korxonalar faoliyati o‘rganildi.
Nazorat tadbirlari davomida 22 ta sanoat korxonasi tomonidan ekologik talablarga zid tarzda faoliyat olib borilayotganligi aniqlanib, qaror asosida ushbu korxonalar faoliyatini to‘xtatish yuzasidan tegishli choralar ko‘rildi hamda 25 nafar mas’ullarning ma’muriy javobgarlik masalasi hal qilindi.
Shuningdek, atmosferaga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi 22 ta korxona va sexlar faoliyatini to‘xtatish yuzasidan iqtisodiy sudlarga da’vo arizalari kiritildi. Shulardan Karmana tumanlararo iqtisodiy sudi tomonidan 19 tasi qanoatlantirildi.
Xususan, 23-sentabr kuni Navoiy viloyat sudining Iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati sudyalari Karmana iqtisodiy sudining qarori yuzasidan berilgan shikoyat arizasi ko‘rib chiqilib, “Navoiyazot” AJning 23-sexi (ammiak) faoliyati vaqtincha to‘xtatildi.
Eslatib o‘tamiz, iyul oyida Navoiy viloyatida kuzatilgan havoning yuqori ifloslanishi bilan bog‘liq holat o‘rganilib, "Navoiyazot" AJ atrofida tahlil ishlari olib borilganda atmosfera tarkibida ammiak 1,4 baravar hamda vodorod sulfidi 16,8 baravar meyordan yuqoriligi aniqlanganligi
to‘g‘risida xabar bergan edik.
Ma’lumot uchun: "Navoiyazot" AJ O‘zbekiston va Markaziy Osiyoda yetakchilardan biri bo‘lgan kimyo sanoati korxonasi. Korxonada iqtisodiyotning qishloq xo‘jaligi, sanoat, tibbiyot va boshqa sohalarida qo‘llaniladigan keng turdagi kimoviy mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda.