https://oz.sputniknews.uz/20250925/icao-assambleya-aviatsiya-xavfsizli-hamkorlik-52238664.html
ICAO Assambleyasida dunyo aviatsiyasi xavfsizligi va hamkorlik muhokama qilinmoqda
ICAO Assambleyasida dunyo aviatsiyasi xavfsizligi va hamkorlik muhokama qilinmoqda
Sputnik O‘zbekiston
ICAO Assambleyasining 42-sessiyasi boshlandi. 193 davlatdan 3000 dan ortiq delegat ishtirok etayotgan sessiyada fuqaro aviatsiyasidagi global chaqiriqlar va kelgusi uch yillik siyosat muhokama qilinmoqda.
2025-09-25T16:05+0500
2025-09-25T16:05+0500
2025-09-25T16:05+0500
kanada
transport vazirligi
aviaparvozlar
xavfsizlik
jamiyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/09/19/52238238_0:188:1280:908_1920x0_80_0_0_aa6455e8ea5c83deaea2a11bc69b7f81.jpg
TOShKENT, 25 sen — Sputnik.. Kanadaning Monreal shahrida Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (ICAO) Assambleyasining 42 sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Transport vazirligi matbuot xizati xabar berdi.Unda ICAO ga a’zo 193 ta davlatdan 3000 dan ortiq delegatlar ishtirok etishmoqda. O‘zbekiston delegatsiyasiga Transport vazirligi huzuridagi “O‘zaviatsiya” agentligi direktori Tohir Nazarov boshchilik qilmoqda. Assambleyasining 42-sessiyasini ICAO Kengashi prezidenti Salvatore Shakkitano va ICAO bosh kotibi Xuan Karlos Salasar ochib berishdi. Ma’lumot uchun: ICAO Assambleyasi Tashkilotning oliy organi hisoblanadi. U uch yilda kamida bir marta yig‘iladi. Assambleyaga a’zo davlatlar va ko‘plab xalqaro tashkilotlar taklif etiladi, ular tashkilotning kelgusi uch yillik davr uchun butunjahon siyosatini belgilaydi. Assambleya sessiyalarida ICAOning texnik, iqtisodiy, yuridik sohalardagi va texnik hamkorlik sohasidagi butun ish dasturi batafsil ko‘rib chiqiladi.
https://oz.sputniknews.uz/20250911/ozaeronavigatsiya-central-asia-green-atm-51906218.html
kanada
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/09/19/52238238_0:0:1280:960_1920x0_80_0_0_85e2847c248ef73d5f6dd0d073dc30cf.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
icao 42-sessiya, icao assambleyasi monreal, fuqaro aviatsiyasi, o‘zbekiston delegatsiyasi, tohir nazarov, icao kengashi prezidenti, icao bosh kotibi, aviatsiyada global chaqiriqlar, xalqaro hamkorlik, icao siyosat
icao 42-sessiya, icao assambleyasi monreal, fuqaro aviatsiyasi, o‘zbekiston delegatsiyasi, tohir nazarov, icao kengashi prezidenti, icao bosh kotibi, aviatsiyada global chaqiriqlar, xalqaro hamkorlik, icao siyosat
ICAO Assambleyasida dunyo aviatsiyasi xavfsizligi va hamkorlik muhokama qilinmoqda
Monreal shahrida ICAO Assambleyasining 42-sessiyasi boshlandi. Unda 193 davlat delegatlari ishtirok etmoqda, O‘zbekiston delegatsiyasiga “O‘zaviatsiya” agentligi direktori rahbarlik qilmoqda
TOShKENT, 25 sen — Sputnik.. Kanadaning Monreal shahrida Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (ICAO) Assambleyasining 42 sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Transport vazirligi matbuot xizati
xabar berdi.
Unda ICAO ga a’zo 193 ta davlatdan 3000 dan ortiq delegatlar ishtirok etishmoqda. O‘zbekiston delegatsiyasiga Transport vazirligi huzuridagi “O‘zaviatsiya” agentligi direktori Tohir Nazarov boshchilik qilmoqda.
Assambleyasining 42-sessiyasini ICAO Kengashi prezidenti Salvatore Shakkitano va ICAO bosh kotibi Xuan Karlos Salasar ochib berishdi.
Salvatore Shakkitano o‘z nutqida tadbir ishtirokchilarini qutlar ekan, bugun dunyo aviatsiyasi o‘zaro hamkorlikda yechim topishni taqozo etayotgan qator global chaqiriqlarga duch kelayotganini ta’kidladi. U shuningdek, har qanday qiyinchiliklarga qaramasdan fuqaro aviatsiyasi global mobillikning asosi bo‘lib qolishi kerakligini aytib o‘tdi.
Ma’lumot uchun: ICAO Assambleyasi Tashkilotning oliy organi hisoblanadi. U uch yilda kamida bir marta yig‘iladi. Assambleyaga a’zo davlatlar va ko‘plab xalqaro tashkilotlar taklif etiladi, ular tashkilotning kelgusi uch yillik davr uchun butunjahon siyosatini belgilaydi. Assambleya sessiyalarida ICAOning texnik, iqtisodiy, yuridik sohalardagi va texnik hamkorlik sohasidagi butun ish dasturi batafsil ko‘rib chiqiladi.