Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

YeOII va O‘zbekiston ekspertlari yagona birja narx indikatori tizimini yaratmoqda

© Getty Images / ipopbaDiagramma birjevix indeksov
Diagramma birjevix indeksov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.09.2025
Obuna bo‘lish
Yangi tashabbus natijasida hamkor davlatlar real bitimlarga asoslangan katta hajmdagi ma’lumotlar bazasiga ega bo‘lishadi.
TOShKENT, 25 sen – Sputnik. Moskva shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro yig‘ilishda Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga (YeOII) a’zo davlatlar va O‘zbekiston ekspertlari birja narx indikatsiyasi tizimini yaratish va uni yagona metodologiya asosida hisoblash masalalari muhokama qilishdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, tadbirda xalqaro birja narx indikatorlari tizimini shakllantirish bo‘yicha bir qator muhim jihatlar keng muhokama qilingan:
narx indikatorlarini hisoblash usullari;
tegishli tovar turlari ro‘yxati;
milliy metodologiyalarning o‘zaro tan olinishi;
ma’lumotlarni e’lon qilish formati.

Sankt-Peterburg birjasi boshqaruv direktori Vladlena Rubsovaning ta’kidlashicha, ushbu loyiha doirasida ishtirokchi birjalar real bitimlarga asoslangan katta hajmdagi ma’lumotlar bazasiga ega bo‘lishadi. Bu nafaqat birja savdolari, balki birja tashqarisidagi operatsiyalar haqida ham to‘liq tasavvur beradi.

Majlis davomida YeOII va O‘zbekiston ekspertlari o‘rtasidagi bu hamkorlik, istiqbolda, mintaqaviy narx shaffofligini oshirish, birja savdolarining xalqaro standartlarga mosligini ta’minlash hamda davlat tartibga solishida narx indikatorlaridan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish imkonini berishi haqida alohida e’tirof etilgan.
© Foto : Belorusskaya universalnaya torgovaya birja Eksperti stran YeAES i Uzbekistana opredelili konturi yedinoy sistemi birjevix indikatorov
Eksperti stran YeAES i Uzbekistana opredelili konturi yedinoy sistemi birjevix indikatorov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.09.2025
Eksperti stran YeAES i Uzbekistana opredelili konturi yedinoy sistemi birjevix indikatorov
Loyiha doirasidagi kelgusi uchrashuvlarda indikatorlar turlari, ma’lumotlar bazalarining integratsiyasi va umumiy axborot platformasini ishlab chiqish masalalari ko‘rib chiqilishi kutilmoqda.
V YeAES usilivayut sotsialnie garantii dlya trudashixsya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.09.2025
O‘zbekiston va YeOII
YeOIIda mehnat migrantlari uchun ijtimoiy sharoitlar yaratilmoqda
Yangiliklar lentasi
0