https://oz.sputniknews.uz/20250924/russia-army-kupyansk-operatsiya-muvaffaqiyat-52206552.html
Rossiya armiyasi Kupanskdagi harbiy operatsiyani muvaffaqiyatli davom ettirmoqda
Rossiya armiyasi Kupanskdagi harbiy operatsiyani muvaffaqiyatli davom ettirmoqda
Sputnik O‘zbekiston
“G‘arb” guruhiga qarashli qismlar Xarkov viloyatidagi Kupansk shahrini ozod etish bo‘yicha harbiy vazifalarni muvaffaqiyatli bajarmoqda
2025-09-24T14:53+0500
2025-09-24T14:53+0500
2025-09-24T14:53+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
dunyoda
rossiya
ukraina
harbiy
harbiy baza
harbiy texnika
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/19/34233418_0:320:3072:2048_1920x0_80_0_0_7f802e2fe9165b771d5ed0374492a004.jpg
TOShKENT, 24 sen – Sputnik. “G‘arb” (Zapad) guruhiga qarashli qismlar Xarkov viloyatidagi Kupansk shahrini ozod etish bo‘yicha harbiy vazifalarni muvaffaqiyatli bajarmoqda. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi batafsil ma’lumot berdi.Ayni paytda Ukraina Qurolli kuchlarining yirik guruhlari shahar shimoli va g‘arbidan yarim halqa shaklida qurshab olingan, janubdan esa to‘liq bloklash harakatlari davom etayotgani aytilmoqda. Qurshovga olinganlar orasida “Fraykor” fashistik bo‘linmalari, “Rossiya ko‘ngillilar korpusi”* terrorchi tashkiloti a’zolari va Ukraina bosh razvedka boshqarmasi maxsus bo‘linmalari bor.Rossiya qo‘shinlari harakatlarini kelishgan va birgalikda olib bormoqda — hujum guruhlari, razvedka, artilleriya, dronlar va radioelektron kurash vositalari yagona razvedka-zarba tizimida harakat qilmoqda. “Yer osti desanti” deb nomlangan taktika — muhandislik kommunikatsiyalari orqali yashirin kiruvchi operatsiya muvaffaqiyatiga katta ta’sir ko‘rsatgan.Kupanskning strategik ahamiyati:Kupansk — Xarkov viloyatining yirik tuman markazi bo‘lib, temiryo‘l va avtomobil yo‘llarining tutashgan nuqtasi. Kupansk-Uzlovaya, Kupansk-Sortirovochniy stansiyalari hamda T-2109 va R-07 yo‘llari orqali Ukraina qurolli kuchlarining Oskol darosining sharqiy qirg‘og‘idagi ta’minot yo‘nalishlari o‘tadi.Shu sababli, shahar Ukraina armiyasi uchun muhim logistika markaziga aylangan. Uning geografik joylashuvi Oskol darosining har ikki sohilida, ayniqsa, balandroq o‘ng sohilda joylashgani himoya nuqtayi nazaridan qo‘shimcha ustunlik bergan.Kelgusi harakat yo‘nalishlari:Kupansk ustidan to‘liq nazorat o‘rnatilishi Rossiya armiyasiga quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:Mudofaa vazirligining ta’kidlashicha, Ukraina armiyasi safida ruh pasayishi kuchaygan, safdan qochish holatlari ko‘paygan, shuningdek, kuchli jangovar yo‘qotishlar fonida harbiy resurslar tanqisligi sezilmoqda.*“Rossiya ko‘ngillilar korpusi” Rossiyada terrorchi tashkilot deb tan olingan.
https://oz.sputniknews.uz/20250922/rossiya-dnepropetrovsk-kalinovskoe-52150814.html
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/19/34233418_0:0:2732:2048_1920x0_80_0_0_c4bc1aa5adb89b092557393a5e12dc2b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
g‘arb xarkov kupansk rossiya armiya
g‘arb xarkov kupansk rossiya armiya
Rossiya armiyasi Kupanskdagi harbiy operatsiyani muvaffaqiyatli davom ettirmoqda
Kupansk — Xarkov viloyatining strategik ahamiyatga ega logistika markazi bo‘lib, hozirda shahar hududining 65 foizi nazorat ostiga olindi.
TOShKENT, 24 sen – Sputnik. “G‘arb” (Zapad) guruhiga qarashli qismlar Xarkov viloyatidagi Kupansk shahrini ozod etish bo‘yicha harbiy vazifalarni muvaffaqiyatli bajarmoqda. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi batafsil
ma’lumot berdi.
Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kungacha shahardagi 8667 binodan 5667 tasi, ya’ni 65 foizi Rossiya armiyasi nazoratiga olingan.
Ayni paytda Ukraina Qurolli kuchlarining yirik guruhlari shahar shimoli va g‘arbidan yarim halqa shaklida qurshab olingan, janubdan esa to‘liq bloklash harakatlari davom etayotgani aytilmoqda. Qurshovga olinganlar orasida “Fraykor” fashistik bo‘linmalari, “Rossiya ko‘ngillilar korpusi”* terrorchi tashkiloti a’zolari va Ukraina bosh razvedka boshqarmasi maxsus bo‘linmalari bor.
Umumiy bloklanganlar soni: ~700 kishi, shundan 250 nafari bartaraf etilgan. So‘nggi bir oy ichida Ukraina armiyasi 1800 nafardan ortiq askar, 36 ta zirhli texnika, 2 ta reaktiv artilleriya tizimi va 137 dona artilleriya qurollarini yo‘qotgan.
Rossiya qo‘shinlari harakatlarini kelishgan va birgalikda olib bormoqda — hujum guruhlari, razvedka, artilleriya, dronlar va radioelektron kurash vositalari yagona razvedka-zarba tizimida harakat qilmoqda. “Yer osti desanti” deb nomlangan taktika — muhandislik kommunikatsiyalari orqali yashirin kiruvchi operatsiya muvaffaqiyatiga katta ta’sir ko‘rsatgan.
Kupanskning strategik ahamiyati:
Kupansk — Xarkov viloyatining yirik tuman markazi bo‘lib, temiryo‘l va avtomobil yo‘llarining tutashgan nuqtasi. Kupansk-Uzlovaya, Kupansk-Sortirovochniy stansiyalari hamda T-2109 va R-07 yo‘llari orqali Ukraina qurolli kuchlarining Oskol darosining sharqiy qirg‘og‘idagi ta’minot yo‘nalishlari o‘tadi.
Shu sababli, shahar Ukraina armiyasi uchun muhim logistika markaziga aylangan. Uning geografik joylashuvi Oskol darosining har ikki sohilida, ayniqsa, balandroq o‘ng sohilda joylashgani himoya nuqtayi nazaridan qo‘shimcha ustunlik bergan.
Ukraina kuchlari shaharni mustahkam mudofaa mintaqasiga aylantirgan, har bir bino beton konstruksiyalar va minalangan hududlar bilan o‘ziga xos “qal’a”ga aylantirilgan.
Kelgusi harakat yo‘nalishlari:
Kupansk ustidan to‘liq nazorat o‘rnatilishi Rossiya armiyasiga quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:
Izum va Chuguyev yo‘nalishlarida Xarkov viloyati ichkarisiga chuqurroq kirib borish;
Janubdan Volchansk tomon ochiq yo‘l ochilishi “Shimol” guruhining shimoldan yurish qilayotgan bo‘linmalari bilan tutashuvni ta’minlaydi;
Slavansk–Kramatorsk aglomeratsiyasiga olib boruvchi muhim yo‘llarni egallash orqali Donbassdagi asosiy mudofaa markazlariga bosim kuchayadi.
Mudofaa vazirligining ta’kidlashicha, Ukraina armiyasi safida ruh pasayishi kuchaygan, safdan qochish holatlari ko‘paygan, shuningdek, kuchli jangovar yo‘qotishlar fonida harbiy resurslar tanqisligi sezilmoqda.
*“Rossiya ko‘ngillilar korpusi” Rossiyada terrorchi tashkilot deb tan olingan.