O‘zbekistonda ko‘mir, neft va gaz ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari – infografika

Obuna bo‘lish
Joriy yilning yanvar-avgust oylarida respublika tog‘-kon sanoati korxonalari tomonidan 49,8 trillion so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan.
O‘zbekiston Milliy statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-avgust oylarida sanoat ishlab chiqarish tarkibida eng katta ulushni qayta ishlash sanoati korxonalari egalladi – 85%, ularning ishlab chiqarish hajmi 561,2 trillion so‘mni tashkil etgan.
Shu davrda tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 49,8 trillion so‘mni, ya’ni jami sanoat hajmining 7,5 foizini tashkil etmoqda.
Qayd etilishicha, 2025-yilning dastlabki 8 oyida respublikada qariyb 4,7 million tonna ko‘mir qazib olingan – bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 6,8 foizga ko‘proq.
Shu bilan birga, neft, gaz va gaz kondensati ishlab chiqarish hajmi pasaygani ma’lum bo‘ldi.
Batafsil ma’lumot bilan Sputnik O‘zbekiston infografikasi orqali tanishishingiz mumkin.
Yangiliklar lentasi
0