Toshkent Markaziy Osiyo badminton chempionatini qanday kutib oldi

Obuna bo‘lish
Turnirda 7 ta mamlakatdan – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Mo‘g‘uliston va Erondan – jami 97 nafar sportchi ishtirok etdi.
TOShKENT, 23 sen — Sputnik. O‘zbekiston poytaxtida badminton bo‘yicha yoshlar orasidagi Markaziy Osiyo chempionati yakuniga yetdi.
O‘zbekiston badminton federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan musobaqada 7 ta mamlakat — Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Mo‘g‘uliston va Erondan -jami 97 nafar sportchi ishtirok etdi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi tarkibida 27 nafar sportchi — 14 nafar erkak va 13 nafar ayol qatnashdi. Sportchilar jamoaviy, yakkalik, juftlik va aralash yo‘nalish musobaqalarda qatnashdi.
“Odatda ushbu turnir ikki toifada (15 va 17 yosh) o‘tkazilar edi, ammo bu yil biz, ko‘proq ishtirokchilarni qamrab olish maqsadida 23 yoshgacha bo‘lgan sportchilarni alohida toifaga kiritishga qaror qildik”,— dedi Osiyoda badmintonni rivojlantirish ijroiya qo‘mitasi a’zosi, Tojikiston badminton federatsiyasi prezidenti Jo‘razoda Kabir.
Barcha turnirlar Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining sport majmuasida o‘tkazildi. Bir hafta davomida ishtirokchilar yorqin rekordlar va unutilmas his-tuyg‘ular bilan to‘la bo‘lgan hayajonli o‘yinlarni namoyish etdilar.
Jamoaviy musobaqalarda 15 yoshgacha va 23 yoshgacha bo‘lgan toifalarda O‘zbekistonlik sportchilar g‘olib chiqdi, 17 yoshgacha bo‘lgan toifada esa Qozog‘iston terma jamoasi eng yaxshi natija ko‘rsatdi. Eron terma jamoasi ajoyib o‘yin namoyish etib, uchta yosh toifasida yakkalik hamda erkaklar va ayollar juftlik bahslarida oltin medallarni qo‘lga kiritdi.
Yangiliklar lentasi
0