https://oz.sputniknews.uz/20250923/share-uzbekistan-tashkent-dunyo-arxitektura-52172921.html
“SHARE Uzbekistan” Toshkentda dunyoning yetakchi arxitektorlarini jamladi
“SHARE Uzbekistan” Toshkentda dunyoning yetakchi arxitektorlarini jamladi
Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda ilk bor “SHARE Uzbekistan” xalqaro me’morchilik forumi o‘tmoqda. Tadbirda 15 mamlakatdan 30 dan ortiq me’mor va yetakchi burolar ishtirok etmoqda
2025-09-23T12:51+0500
2025-09-23T12:51+0500
2025-09-23T12:51+0500
o‘zbekiston
qurilish
qurilish vazirligi
toshkent
shahar
forum
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/09/17/52171610_0:101:1280:821_1920x0_80_0_0_9f1d7833d7f62dfb8478511dfda41bf7.jpg
TOShKENT, 23 sen — Sputnik. O‘zbekistonda ilk bor “SHARE Uzbekistan” xalqaro me’morchilik va shaharsozlik forumi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.Forumning birinchi kuni urbanizatsiya, jamoat binolari va “Yangi Toshkent” loyihasi bo‘yicha sessiyalar bilan davom etmoqda. Shuningdek, “Pargram Studio”, “AlmatyGenPlan” va “New London Architecture” kabi xalqaro tashkilotlar vakillari ham o‘z tajribalari xususida taqdimot o‘tkazmoqdalar.Mazkur tadbir O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan shaharsozlik islohotlarini jahon me’morchiligi tajribasi bilan uyg‘unlashtirish, ilg‘or texnologiyalar va innovatsion g‘oyalarni amaliyotga tatbiq etish uchun muhim maydon bo‘lib xizmat qiladi.Mazkur xalqaro tarmoq qariyb 30-yildan buyon Yevropa va Kavkaz mintaqasida yirik forumlar o‘tkazib kelmoqda. Poytaxtda o‘tkazilayotgan ushbu tadbir esa platformaning Markaziy Osiyodagi ilk tashabbusi hisoblanadi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/09/17/52171610_0:0:1280:960_1920x0_80_0_0_38add1914c44e615153c47eb3eef0046.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
share uzbekistan, xalqaro forum toshkent, me’morchilik forumi o‘zbekiston, shaharsozlik forumi, zaha hadid architects toshkent, mad architects uzbekistan, yangi toshkent loyihasi, urbanizatsiya forumi toshkent, arxitektura va shaharsozlik o‘zbekiston
share uzbekistan, xalqaro forum toshkent, me’morchilik forumi o‘zbekiston, shaharsozlik forumi, zaha hadid architects toshkent, mad architects uzbekistan, yangi toshkent loyihasi, urbanizatsiya forumi toshkent, arxitektura va shaharsozlik o‘zbekiston
“SHARE Uzbekistan” Toshkentda dunyoning yetakchi arxitektorlarini jamladi
Xalqaro tadbirda 15 mamlakatdan 30 dan ortiq yetakchi me’mor va mutaxassislar ishtirok etmoqda
TOShKENT, 23 sen — Sputnik. O‘zbekistonda ilk bor “SHARE Uzbekistan” xalqaro me’morchilik va shaharsozlik forumi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati
xabar berdi.
Tadbirda 15 mamlakatdan mutaxassislar ishtirok etmoqda. Xususan, Daniyadagi ““Bjarke Ingels Group”, Buyuk Britaniyadagi “Zaha Hadid Architects”, Fransiyadagi “XTU Architects”, Xitoydagi “MAD Architects” kabi dunyoga mashhur me’morchilik burolari delegatsiyalari qatnashmoqda.
Forumning birinchi kuni urbanizatsiya, jamoat binolari va “Yangi Toshkent” loyihasi bo‘yicha sessiyalar bilan davom etmoqda. Shuningdek, “Pargram Studio”, “AlmatyGenPlan” va “New London Architecture” kabi xalqaro tashkilotlar vakillari ham o‘z tajribalari xususida taqdimot o‘tkazmoqdalar.
- Bizni O‘zbekistonda – “SHARE” Forumini boshlash juda ilhomlantirmoqda. Ishonchim komilki, dunyoga mashhur me’moriy amaliyotlarning ishtiroki mahalliy o‘ziga xoslikni chuqur anglash bilan uyg‘unlashganda, zamonaviylik va an’ana barqaror kelajak yo‘lida birgalikda xizmat qiladigan loyihalarni yaratadi,” – dedi “SHARE Architects” asoschisi Florin Mindirijiu.
Mazkur tadbir O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan shaharsozlik islohotlarini jahon me’morchiligi tajribasi bilan uyg‘unlashtirish, ilg‘or texnologiyalar va innovatsion g‘oyalarni amaliyotga tatbiq etish uchun muhim maydon bo‘lib xizmat qiladi.
Mazkur xalqaro tarmoq qariyb 30-yildan buyon Yevropa va Kavkaz mintaqasida yirik forumlar o‘tkazib kelmoqda. Poytaxtda o‘tkazilayotgan ushbu tadbir esa platformaning Markaziy Osiyodagi ilk tashabbusi hisoblanadi.