https://oz.sputniknews.uz/20250923/karakalpakstan-otm-7225-kvota-52165001.html
Qoraqalpog‘iston yoshlari uchun 8 mingga yaqin qo‘shimcha o‘rin ajratildi
Qoraqalpog‘iston yoshlari uchun 8 mingga yaqin qo‘shimcha o‘rin ajratildi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston davlat OTMlariga Qoraqalpog‘iston yoshlari uchun 7 925 ta qo‘shimcha o‘rin ajratildi. Shart: 56,7 balldan yuqori imtihon natijasi
2025-09-23T10:25+0500
2025-09-23T10:25+0500
2025-09-23T14:50+0500
o‘zbekiston
ta’lim
oliy ta’lim muassasalari
kvota
kontrakt
test sinovlari
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/09/17/52170952_0:0:3072:1728_1920x0_80_0_0_314365dddb231eac4e5593cfb5b83dff.jpg
TOShKENT, 23 sen — Sputnik. Davlat komissiyasi bayoniga ko‘ra, 2025/2026-o‘quv yilida Qoraqalpog‘iston yoshlari oliy ta’limga qo‘shimcha 3 ta imkoniyatga ega bo‘ladi.Bunda abituriyentlar talabalikka tavsiya etilgan oliy ta’lim tashkiloti va ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etadi.O‘tkazilgan kirish imtihonlari natijasiga ko‘ra to‘plagan ballari ketma-ketligiga rioya qilgan holda maqsadli qabul parametrlariga tavsiya etiladi.Bunda:- ro‘yxatdan o‘tish my.uzbmb.uz sayti orqali amalga oshiriladi;- ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar uchun 2025-yil 12-oktabrga qadar test sinovlari o‘tkaziladi.- natijalar 2025-yil 17-oktabrga qadar ballar ketma-ketligi asosida belgilanib, rasmiylashtirish uchun OTMlarga yetkaziladi.15 noyabrga qadar yuqoridagi 1- va 2-imkoniyatlarga muvofiq maqsadli grant o‘rinlariga qabul qilinganlar bilan OTMni tamomlagandan keyin tegishli hududda 3-yil ishlab berish majburiyatini nazarda tutuvchi to‘rt tomonlama shartnomalar rasmiylashtiriladi.
https://oz.sputniknews.uz/20250922/oqish-qoshimcha-imkoniyatlar-52147101.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/09/17/52170952_179:0:2910:2048_1920x0_80_0_0_784884018745e7f631fd8099acb56ceb.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
qoraqalpog‘iston yoshlari, oliy ta’lim 2025, qo‘shimcha o‘rinlar, grant va kontrakt, 7 925 o‘rin, 7 225 kontrakt, 200 grant, 500 maqsadli kontrakt, davlat otmlari, qabul parametrlari, abituriyentlar, 56,7 ball, imtihon natijalari
qoraqalpog‘iston yoshlari, oliy ta’lim 2025, qo‘shimcha o‘rinlar, grant va kontrakt, 7 925 o‘rin, 7 225 kontrakt, 200 grant, 500 maqsadli kontrakt, davlat otmlari, qabul parametrlari, abituriyentlar, 56,7 ball, imtihon natijalari
Qoraqalpog‘iston yoshlari uchun 8 mingga yaqin qo‘shimcha o‘rin ajratildi
10:25 23.09.2025 (yangilandi: 14:50 23.09.2025) OTMlarda ajratilgan o‘rinlar orasida 7225 ta to‘lov kontrakt va 700 ta bujdet o‘rinlari bor.
TOShKENT, 23 sen — Sputnik. Davlat komissiyasi bayoniga ko‘ra, 2025/2026-o‘quv yilida Qoraqalpog‘iston yoshlari oliy ta’limga qo‘shimcha 3 ta imkoniyatga ega bo‘ladi.
1-imkoniyat. 2025-yil 24–30 sentabr kunlari kirish imtihonlarida 68 ball va undan yuqori natija ko‘rsatib, davlat oligohlarining kunduzgi ta’lim shakliga to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar 500 ta maqsadli qabul parametrlari uchun ro‘yxatdan o‘tadi.
Bunda abituriyentlar talabalikka tavsiya etilgan oliy ta’lim tashkiloti va ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etadi.
O‘tkazilgan kirish imtihonlari natijasiga ko‘ra to‘plagan ballari ketma-ketligiga rioya qilgan holda maqsadli qabul parametrlariga tavsiya etiladi.
2-imkoniyat. 29-sentabrdan 6-oktabrga qadar muayan xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan yoshlar uchun 200 ta maqsadli qabul parametrlarida abituriyent sifatida ro‘yxatdan o‘tish imkoniyati yaratiladi.
- ro‘yxatdan o‘tish my.uzbmb.uz sayti orqali amalga oshiriladi;
- ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar uchun 2025-yil 12-oktabrga qadar test sinovlari o‘tkaziladi.
- natijalar 2025-yil 17-oktabrga qadar ballar ketma-ketligi asosida belgilanib, rasmiylashtirish uchun OTMlarga yetkaziladi.
15 noyabrga qadar yuqoridagi 1- va 2-imkoniyatlarga muvofiq maqsadli grant o‘rinlariga qabul qilinganlar bilan OTMni tamomlagandan keyin tegishli hududda 3-yil ishlab berish majburiyatini nazarda tutuvchi to‘rt tomonlama shartnomalar rasmiylashtiriladi.
3-imkoniyat: Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi murojaatiga asosan, davlat oliygohlariga 7 225 ta qo‘shimcha kontrakt o‘rinlari tasdiqlandi. Bu o‘rinlar kirish imtihonlarida 56,7 ball va undan yuqori to‘plagan, lekin talabalikka tavsiya etilmagan bitiruvchilar uchun ajratilgan.