https://oz.sputniknews.uz/20250923/air-products-yoqilgi-gazlashtirish-loyihalar-52162094.html
"Air Products" bilan ekologik yoqilg‘i va gazlashtirish loyihalari kelishildi
"Air Products" bilan ekologik yoqilg‘i va gazlashtirish loyihalari kelishildi
Sputnik O‘zbekiston
Prezident Mirziyoyev Nyu-Yorkda "Air Products" bosh direktori bilan uchrashib, O‘zbekistonda $1 mlrddan ortiq sarmoya asosida ekologik yoqilg‘i, gazlashtirish va sanoat gazlari sohasida yangi loyihalarni kelishdi
2025-09-23T09:11+0500
2025-09-23T09:11+0500
2025-09-23T09:12+0500
o‘zbekiston
iqtisod
gaz
ko‘mir mahsuloti
investitsiya
farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi (fnqiz
"navoiyazot" aj
neft
uzbekistan gtl
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/09/17/52161754_0:0:1280:721_1920x0_80_0_0_a1758c2d1cc1d6354ba204f224f69a80.jpg
TOShKENT, 23 sen — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Nyu-York shahrida "Air Products" kompaniyasi bosh ijrochi direktori Eduardo Menezes bilan uchrashdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi."Air Products" sanoat gazlarini ishlab chiqarish va yetkazib berishga ixtisoslashgan. Kompaniyaning bozor kapitallashuvi 63 milliard AQSh dollaridan ortiq. Har yili dunyoning 50 dan ortiq mamlakatida 200 million tonna sanoat gazlarini ishlab chiqaradi hamda 750 ga yaqin ishlab chiqarish obyektlarini boshqaradi.O‘zbekistonda yuqori texnologik sanoat korxonalarini tashkil etishga faol sarmoya kiritayotgan yetakchi xalqaro kompaniyalardan biri bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirishning amaliy jihatlari ko‘rib chiqildi.Buxoroda gaz-kimyo majmuasini barpo etish, ko‘mirni gazlashtirish, ekologik toza aviatsiya yoqilg‘isi ishlab chiqarish loyihalarini jadallashtirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.Uchrashuv yakunida kooperatsiya loyihalarini ilgari surish bo‘yicha "yo‘l xaritasi"ni qabul qilishga kelishildi.
https://oz.sputniknews.uz/20250824/komir-neft-gaz-51462186.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/09/17/52161754_34:0:1171:853_1920x0_80_0_0_d9e79aaa6ffd464dac27ea679de16fed.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
air products o‘zbekiston, mirziyoyev nyu-york tashrifi, ekologik yoqilg‘i o‘zbekiston, gazlashtirish loyihalari, sanoat gazlari ishlab chiqarish, buxoro gaz-kimyo majmuasi, investitsiya o‘zbekiston 2025, gtl zavodi, farg‘ona nqiz, yo‘l xaritasi air products
air products o‘zbekiston, mirziyoyev nyu-york tashrifi, ekologik yoqilg‘i o‘zbekiston, gazlashtirish loyihalari, sanoat gazlari ishlab chiqarish, buxoro gaz-kimyo majmuasi, investitsiya o‘zbekiston 2025, gtl zavodi, farg‘ona nqiz, yo‘l xaritasi air products
"Air Products" bilan ekologik yoqilg‘i va gazlashtirish loyihalari kelishildi
09:11 23.09.2025 (yangilandi: 09:12 23.09.2025) Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Shavkat Mirziyoyev va "Air Products" kompaniyasi rahbariyati ekologik yoqilg‘i, gazlashtirish va sanoat gazlari sohasida yangi loyihalarni muhokama qildi
TOShKENT, 23 sen — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Nyu-York shahrida "Air Products" kompaniyasi bosh ijrochi direktori Eduardo Menezes bilan uchrashdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati
xabar berdi.
"Air Products" sanoat gazlarini ishlab chiqarish va yetkazib berishga ixtisoslashgan. Kompaniyaning bozor kapitallashuvi 63 milliard AQSh dollaridan ortiq. Har yili dunyoning 50 dan ortiq mamlakatida 200 million tonna sanoat gazlarini ishlab chiqaradi hamda 750 ga yaqin ishlab chiqarish obyektlarini boshqaradi.
O‘zbekistonda yuqori texnologik sanoat korxonalarini tashkil etishga faol sarmoya kiritayotgan yetakchi xalqaro kompaniyalardan biri bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirishning amaliy jihatlari ko‘rib chiqildi.
Ayni paytda kompaniyaning mamlakatimizga investitsiyalari 1 milliard dollardan oshdi. "GTL" zavodida sanoat gazlarini qayta ishlash, Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodida vodorod, "Navoiyzot"da suyuq karbonat angidrid ishlab chiqarish, Shokli muzlatish markazini tashkil etish kabi loyihalar amalga oshirildi.
Buxoroda gaz-kimyo majmuasini barpo etish, ko‘mirni gazlashtirish, ekologik toza aviatsiya yoqilg‘isi ishlab chiqarish loyihalarini jadallashtirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Uchrashuv yakunida kooperatsiya loyihalarini ilgari surish bo‘yicha "yo‘l xaritasi"ni qabul qilishga kelishildi.