Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Peskov: Yevropa Ukrainadagi mojaroni davom ettirish uchun bor kuchini sarflamoqda

© Sputnik / Sergey GuneyevDmitriy Peskov
Dmitriy Peskov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.09.2025
Obuna bo‘lish
Moskva Vashington va bevosita Trampdan amaliy natijalarni kutmoqda.
TOShKENT, 21 sen – Sputnik. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa davlatlari mojaroni to‘xtatish emas, balki uni chigallashtirish yo‘lidan bormoqda. Bu haqda u "Rossiya 1" telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
"Afsuski, bu yerda bir tomonda Kiyev rejimi, boshqa tomonda esa Yevropa davlatlari turibdi — ular barcha kuchlarini ishga solib, vaziyatni yanada keskinlashtirishga urinishmoqda”, – dedi Peskov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya prezidenti Vladimir Putin hamda AQSh prezidenti Donald Tramp hali-hanuz Ukraina mojarosini tinch yo‘l bilan hal qilish tarafdori bo‘lib qolmoqda. Moskva o‘z navbatida Vashingtondan va bevosita Trampdan bu yo‘nalishda amaliy qadamlar kutgani ma’lum bo‘ldi.

“Yevropa urushni to‘xtatish emas, balki hatto Vladimir Zelenskiyni ham bu yo‘ldan qaytmaslikka undashmoqda", — deya qo‘shimcha qildi u.

Avvalroq Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ham YeI va NATO Ukrainadagi tinchlik jarayonini barbod qilishga urinayotganini aytgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, yevropaliklar va Kiyev rejimi AQSh prezidenti Donald Trampni tinchlikparvar sa’y-harakatlaridan voz kechishga, Rossiya bilan ziddiyatga qaytishga ko‘ndirishga harakat qilmoqda.
Brifing ofitsialnogo predstavitelya MID Rossii M. Zaxarovoy. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.09.2025
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Zaxarova: G‘arb Zelenskiy qo‘llari bilan Ukrainada haqiqiy genotsidni amalga oshirmoqda
Yangiliklar lentasi
0