https://oz.sputniknews.uz/20250921/moped-skuterlar-davlat-raqami-52130017.html
Moped va skuterlar uchun davlat raqamini olish muddatini uzaytirish taklif etildi
Moped va skuterlar uchun davlat raqamini olish muddatini uzaytirish taklif etildi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi (XDP) moped va skuterlarni ro‘yxatdan o‘tkazishning yangi tartibini 2026-yilgacha kechiktirishni taklif qildi.
2025-09-21T10:22+0500
2025-09-21T10:22+0500
2025-09-21T10:22+0500
jamiyat
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/12/35069047_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_111ff658f53590fe3d71b0bd98e913ce.jpg
TOShKENT, 21 sen – Sputnik. O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi (XDP) moped va skuterlarni ro‘yxatdan o‘tkazishning yangi tartibini 2026-yilgacha kechiktirishni taklif qildi.Amaldagi qoidalarga ko‘ra, 1-oktabrgacha moped egalari “A” toifali haydovchilik guvohnomasi olib, davlat ro‘yxatidan o‘tishi lozim. Hujjatlarni rasmiylashtirishning oxirgi muddati 30 sentabr etib belgilangan.XDP belgilangan muddat juda qisqa ekanini ta’kidlagan. Partiya ma’lumotiga ko‘ra, mamlakatda kuryerlik xizmatida taxminan 130 ming nafar fuqaro velosiped, moped va skuterlardan foydalanadi. Ulardan ko‘plari hujjatlarni vaqtida rasmiylashtirishga ulgurmasligi mumkin.Partiya bayonotida keltirilishicha, yangi qoidalar qattiq joriy etilsa, yuz minglab yoshlar daromad manbaidan ayrilishi mumkin. Bu esa davlatning kambag‘allikka qarshi kurash va o‘zini o‘zi band qilishni qo‘llab-quvvatlash borasidagi sa’y-harakatlariga zid bo‘ladi.XDP haydovchilik guvohnomasi va davlat raqamini olish muddati hamda to‘lov miqdorlarini qayta ko‘rib chiqishni, shuningdek, majburiy talabni kelgusi yilga qoldirishni taklif etgan. Bu masala bo‘yicha deputatlik so‘rovi yuborilishi rejalashtirilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20250911/uzbekistan-yol-harakat-qoida-jazo-51894956.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/12/35069047_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_e3dae1de461111addf9c37ac9c1dbe7b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
moped skuter davlat raqami olish
moped skuter davlat raqami olish
Moped va skuterlar uchun davlat raqamini olish muddatini uzaytirish taklif etildi
XDP fikricha, kambag‘allikni qisqartirish va barqaror ish o‘rinlarini yaratish uchun davlat tomonidan ko‘plab chora-tadbirlar amalga oshirilayotgan ayni davrda moped va skuter haydovchilaridan guvohnoma talab qilish ularni murakkab vaziyatga solib qo‘yadi.
TOShKENT, 21 sen – Sputnik. O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi (XDP) moped va skuterlarni ro‘yxatdan o‘tkazishning yangi tartibini 2026-yilgacha kechiktirishni taklif
qildi.
Amaldagi qoidalarga ko‘ra, 1-oktabrgacha moped egalari “A” toifali haydovchilik guvohnomasi olib, davlat ro‘yxatidan o‘tishi lozim. Hujjatlarni rasmiylashtirishning oxirgi muddati 30 sentabr etib belgilangan.
XDP belgilangan muddat juda qisqa ekanini ta’kidlagan. Partiya ma’lumotiga ko‘ra, mamlakatda kuryerlik xizmatida taxminan 130 ming nafar fuqaro velosiped, moped va skuterlardan foydalanadi. Ulardan ko‘plari hujjatlarni vaqtida rasmiylashtirishga ulgurmasligi mumkin.
Partiya bayonotida keltirilishicha, yangi qoidalar qattiq joriy etilsa, yuz minglab yoshlar daromad manbaidan ayrilishi mumkin. Bu esa davlatning kambag‘allikka qarshi kurash va o‘zini o‘zi band qilishni qo‘llab-quvvatlash borasidagi sa’y-harakatlariga zid bo‘ladi.
XDP haydovchilik guvohnomasi va davlat raqamini olish muddati hamda to‘lov miqdorlarini qayta ko‘rib chiqishni, shuningdek, majburiy talabni kelgusi yilga qoldirishni taklif etgan. Bu masala bo‘yicha deputatlik so‘rovi yuborilishi rejalashtirilgan.