Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasi sessiyasida ishtirok etish uchun AQShga yetib bordi
Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasi sessiyasida ishtirok etish uchun AQShga yetib bordi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20-sentabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Bosh Assambleyasining 80-yubiley sessiyasi tadbirlarida ishtirok etish uchun Nyu-York shahriga yetib bordi.
TOShKENT, 21 sen – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20-sentabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Bosh Assambleyasining 80-yubiley sessiyasi tadbirlarida ishtirok etish uchun Nyu-York shahriga yetib bordi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.Jon Kennedi nomidagi xalqaro aeroportda davlat rahbarini AQSh prezidentining global sherikliklar bo‘yicha maxsus vakili Paolo Zampolli, Amerika - O‘zbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasi 80-sessiyasining umumiy munozaralarida nutq so‘zlaydi, shuningdek, qator xorijiy mamlakatlar yetakchilari, xalqaro tashkilotlar va moliyaviy tuzilmalar rahbarlari bilan muzokaralar o‘tkazadi.AQShning yirik korporatsiyalari rahbarlari bilan alohida uchrashuvlar va yetakchi kompaniyalari vakillari bilan davra suhbatida ishtirok etish ham rejalashtirilgan.
O‘zbekiston rahbari 22-sentabr kuni BMT Bosh Assambleyasi 80-sessiyasining umumiy munozaralarida nutq so‘zlaydi, shuningdek, qator xorijiy mamlakatlar yetakchilari bilan uchrashadi.
TOShKENT, 21 sen – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20-sentabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Bosh Assambleyasining 80-yubiley sessiyasi tadbirlarida ishtirok etish uchun Nyu-York shahriga yetib bordi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Jon Kennedi nomidagi xalqaro aeroportda davlat rahbarini AQSh prezidentining global sherikliklar bo‘yicha maxsus vakili Paolo Zampolli, Amerika - O‘zbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasi 80-sessiyasining umumiy munozaralarida nutq so‘zlaydi, shuningdek, qator xorijiy mamlakatlar yetakchilari, xalqaro tashkilotlar va moliyaviy tuzilmalar rahbarlari bilan muzokaralar o‘tkazadi.
AQShning yirik korporatsiyalari rahbarlari bilan alohida uchrashuvlar va yetakchi kompaniyalari vakillari bilan davra suhbatida ishtirok etish ham rejalashtirilgan.