Britaniya, Kanada va Avstraliya Falastinni tan olishini e’lon qildi

© AP Photo / IBRAHIM USTAMujchina derjit palestinskiy flag
Mujchina derjit palestinskiy flag - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.09.2025
Obuna bo‘lish
Falastinni 147 ta davlat tan olgan.
TOShKENT, 21 sen – Sputnik. Buyuk Britaniya, Kanada va Avstraliya Falastin Davlatini tan olishini e’lon qildi. Bu davlatlar hukumatlari tegishli bayonot bilan chiqishdi.
“Bugun Kanada Falastin davlatini tan oladi va ham Falastin, ham Isroil uchun tinch kelajakka umid qurishda o‘z sherikligini taklif qiladi”, - deya yozdi mamlakat bosh vaziri Mark Karni o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.
Avstraliya mamlakat bosh vaziri Entoni Albaneze va TIV rahbari Penni Vongning qo‘shma bayonotini e’lon qildi.
“Bugundan boshlab, yakshanba 2025-yil 21-sentabr, Avstraliya Ittifoqi mustaqil va suveren Falastin Davlatini tan oladi”, - deyilgan unda.
Britaniya bosh vaziri Kir Starmer ham mamlakat Falastinni tan olishini X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.
“Bugun falastinliklar va isroilliklar uchun tinchlik umidini va ikki davlatning mavjudligiga asoslangan qarorni qayta tiklash maqsadida Birlashgan Qirollik Falastin Davlatini rasman tan oladi”, - deyiladi bosh vazir bayonotida.
Falastinni 147 ta davlat tan olgan. 2024-yilda Vashington Falastinning BMTda to‘laqonli a’zo bo‘lishiga veto qo‘ygandi. Yil boshidan buyon Falastinni o‘nlab mamlakatlar, jumladan, Irlandiya, Ispaniya, Norvegiya i Armaniston tan oldi.
BMT Bosh Assambleyasi 22-sentabr kuni G‘azoda tinchlik o‘rnatish va ikki davlat – Isroil va Falastin to‘g‘risidagi qarorni amalga oshirish bo‘yicha yuqori darajadagi xalqaro konferensiyani chaqiradi.
Na zasedanii Arabsko-islamskogo sammita ozvucheno obrashenie prezidenta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.09.2025
Falastinning mustaqil davlat tuzish huquqi hurmat qilinishi shart — Mirziyoyev
Yangiliklar lentasi
0