O‘zbekiston va Keniya diplomatik munosabatlar o‘rnatdi

© Glava MID Uzbekistana Baxtiyor SaidovUzbekistan ustanovil diplomaticheskie otnosheniya s Keniyey.
Uzbekistan ustanovil diplomaticheskie otnosheniya s Keniyey. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.09.2025
Obuna bo‘lish
Keniya O‘zbekiston bilan rasmiy diplomatik aloqalar o‘rnatgan 164-davlatga aylandi.
TOShKENT, 20 sen – Sputnik. O‘zbekiston va Keniya o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatildi. Bu haqda O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi (TIV) xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, qo‘shma bayonnomani O‘zbekiston TI vaziri Baxtiyor Saidov hamda Keniyaning Bosh vaziri, tashqi ishlar va diaspora ishlari vaziri Musaliya Mudavadi imzolashgan.
“Keniya Afrikaning eng dinamik iqtisodiyotlaridan biri va texnologiya hamda innovatsiyalar markazi sifatida jadal taraqqiyot namoyon etmoqda”, – deydi Baxtiyor Saidov.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar ikki mamlakat xalqlariga sezilarli naf keltiradigan samarali hamkorlik uchun keng ko‘lamli imkoniyatlarni muhokama qilishgan.
Zamonaviy Keniya – Afrikaning sharqiy sohilida joylashgan mamlakat. U O‘zbekiston bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatgan 164-davlatga aylandi.
Yangiliklar lentasi
0