https://oz.sputniknews.uz/20250920/namanganda-xorijiy-va-mahalliy-paxta-navlari-sinovdan-otkazilmoqda-52112771.html
Namanganda xorijiy va mahalliy paxta navlari sinovdan o‘tkazilmoqda
Namanganda xorijiy va mahalliy paxta navlari sinovdan o‘tkazilmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Namangan viloyatining Mingbuloq tumanida qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov uchta fermer xo‘jaligining paxta yetishtirish maydonlarini ko‘zdan kechirdi
2025-09-20T15:42+0500
2025-09-20T15:42+0500
2025-09-20T15:42+0500
jamiyat
iqtisod
o‘zbekiston
namangan viloyati
paxta
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/09/14/52114001_0:134:2560:1574_1920x0_80_0_0_73cecc0c5ed545198283c887aa472138.jpg
TOShKENT, 20-sen – Sputnik. Namangan viloyatining Mingbuloq tumanida qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov uchta fermer xo‘jaligining paxta yetishtirish maydonlarini ko‘zdan kechirdi. Mazkur xo‘jaliklarda mahalliy va xorijiy paxta navlari ekilgan bo‘lib, ikki fermer xo‘jaligida yig‘im-terim ishlari to‘liq mashina yordamida olib borilmoqda. “Alamibek Temur” fermer xo‘jaligiBu xo‘jalikda mahalliy “Andijon-35” navidagi paxta ekilgan. Har bir gektaridan o‘rtacha 60–65 sentner hosil olinmoqda. Vazir hosildorlikni oshirish uchun desikatsiya jarayonini o‘z vaqtida bajarish va hosilni yo‘qotmasdan yig‘ib olish zarurligini bildirgan.“Mingbuloq lochini” fermer xo‘jaligi20 gektar maydonda xorijiy paxta navlari sinovdan o‘tkazilmoqda. Bu navlar yuqori hosildorlik ko‘rsatib, yig‘im-terim ishlari to‘liq mexanizatsiya yordamida amalga oshirilmoqda.“Yurgan daryo” fermer xo‘jaligi12 gektar maydonda agrotexnik tadbirlar samarali tashkil etilgan. Vazir xo‘jalikdagi ilg‘or usullar va zamonaviy texnologiyalar hosildorlikni oshirishda muhim ahamiyatga ega ekanini qayd etdi.Uchrashuv davomida hosildorlikni oshirish, zamonaviy agrotizimlarni joriy qilish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish va mexanizatsiyani jadallashtirish masalalari muhokama qilingan.
o‘zbekiston
namangan viloyati
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/09/14/52114001_142:0:2419:1708_1920x0_80_0_0_3486962e1e7cdab5c0cbc8eb961f0836.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
namangan mingbuloq qishloq xo‘jaligi vaziri ibrohim abdurahmonov fermer paxta maydon
namangan mingbuloq qishloq xo‘jaligi vaziri ibrohim abdurahmonov fermer paxta maydon
Namanganda xorijiy va mahalliy paxta navlari sinovdan o‘tkazilmoqda
Fermer xo‘jaliklarda mexanizatsiyalashtirish jarayonlari yuqori bo‘lib, har bir gektardan o‘rtacha 60–70 sentner hosil olinmoqda.
TOShKENT, 20-sen – Sputnik. Namangan viloyatining Mingbuloq tumanida qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov uchta fermer xo‘jaligining paxta yetishtirish maydonlarini ko‘zdan kechirdi.
Mazkur xo‘jaliklarda mahalliy va xorijiy paxta navlari ekilgan bo‘lib, ikki fermer xo‘jaligida yig‘im-terim ishlari to‘liq mashina yordamida olib borilmoqda.
“Alamibek Temur” fermer xo‘jaligi
Bu xo‘jalikda mahalliy “Andijon-35” navidagi paxta ekilgan. Har bir gektaridan o‘rtacha 60–65 sentner hosil olinmoqda. Vazir hosildorlikni oshirish uchun desikatsiya jarayonini o‘z vaqtida bajarish va hosilni yo‘qotmasdan yig‘ib olish zarurligini bildirgan.
“Mingbuloq lochini” fermer xo‘jaligi
20 gektar maydonda xorijiy paxta navlari sinovdan o‘tkazilmoqda. Bu navlar yuqori hosildorlik ko‘rsatib, yig‘im-terim ishlari to‘liq mexanizatsiya yordamida amalga oshirilmoqda.
“Yurgan daryo” fermer xo‘jaligi
12 gektar maydonda agrotexnik tadbirlar samarali tashkil etilgan. Vazir xo‘jalikdagi ilg‘or usullar va zamonaviy texnologiyalar hosildorlikni oshirishda muhim ahamiyatga ega ekanini qayd etdi.
Uchrashuv davomida hosildorlikni oshirish, zamonaviy agrotizimlarni joriy qilish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish va mexanizatsiyani jadallashtirish masalalari muhokama qilingan.