https://oz.sputniknews.uz/20250919/belarus-uzbekistan-ayol-biznes-forum-video-52082031.html
Belarus-O‘zbekiston ayollar biznes forumining asosiy yakunlari - video
Belarus-O‘zbekiston ayollar biznes forumining asosiy yakunlari - video
Sputnik O‘zbekiston
Belarus–O‘zbekiston biznes-forumida 60 nafar o‘zbekistonlik tadbirkor ishtirok etdi. Yirik savdo shartnomalari, IT hamkorligi va qishloq xo‘jaligida istiqbollar muhokama qilindi
2025-09-19T13:42+0500
2025-09-19T13:42+0500
2025-09-19T13:42+0500
sputnik
o‘zbekiston
biznes
forum
ayollar
belarus
video
matbuot markazi video
matbuot markazi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/09/13/52076980_0:0:1920:1080_1920x0_80_0_0_20cc364565fe10ecf271a27b228dd356.jpg
Sputnik O‘zbekiston multimedia matbuot markazida Vitebskda bo‘lib o‘tgan Belarus–O‘zbekiston ayollar biznes-forumi yakunlari muhokama qilindi. Oliy Majlis senatori Gulnora Marufovaning ta’kidlashicha, forumda 200 nafardan ortiq tadbirkorlar ishtirok etdi, ular orasida O‘zbekistonning 60 nafar vakili bor.U, shuningdek, Buyuk G‘alabaning 80-yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar haqida gapirib, o‘zbek va belarus xalqlari frontchilarning xotirasini asrab-avaylab, avloddan-avlodga yetkazishini ta’kidladi.O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi maslahatchisi Alisher Shayxovga ko‘ra, O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik yangi — sarmoyaviy va texnologik bosqichga ko‘tarilmoqda. Uning ta’kidlashicha, asosiy yo‘nalishlar qishloq xo‘jaligi mashinasozligi, farmatsevtika, agrosektor, ta’lim, sog‘liqni saqlash va IT sohalarini o‘z ichiga oladi.Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti bo‘lim boshlig‘i Shuhrat Ahmedov agrar sohadagi hamkorlik haqida ma’lumot berdi. Uning aytishicha, O‘zbekistonga 35 ming dona Belarus golubikasi ko‘chati olib kelingan va ularning barchasi muvaffaqiyatli ekilgan.Olim jahon bozorida rezavor meva narxi boshqa turlarga nisbatan ancha yuqori ekanini ta’kidlab, bu yo‘nalishda Belarus bilan hamkorlik istiqbolli ekanini qayd etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Belarusda qora qorag‘at yaxshi rivojlangan bo‘lsa, O‘zbekiston tillarang qorag‘ati bilan ajralib turadi. Mazkur ekinlar asosida muzlatish va qayta ishlash sanoatida qo‘shma loyihalar amalga oshirilishi mumkin.Shuningdek, kartoshkachilik sohasida ham hamkorlik kengaymoqda.Batafsil - Sputnik O‘zbekiston videosida.
o‘zbekiston
belarus
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/09/13/52076980_252:0:1692:1080_1920x0_80_0_0_592e8c2a342e74516264471c3005552e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
belarus–o‘zbekiston biznes-forumi, o‘zbekiston tadbirkorlari, 10 mlrd dollarlik kelishuvlar, it sohasida hamkorlik, qishloq xo‘jaligida istiqbollar, rezavorchilik va golubika, to‘qimachilik va yengil sanoat, savdo shartnomalari, qo‘shma loyihalar, ayollar biznes-forumi
belarus–o‘zbekiston biznes-forumi, o‘zbekiston tadbirkorlari, 10 mlrd dollarlik kelishuvlar, it sohasida hamkorlik, qishloq xo‘jaligida istiqbollar, rezavorchilik va golubika, to‘qimachilik va yengil sanoat, savdo shartnomalari, qo‘shma loyihalar, ayollar biznes-forumi
Belarus-O‘zbekiston ayollar biznes forumining asosiy yakunlari - video
Eksklyuziv
Biznes-forumda 60 nafar o‘zbekistonlik tadbirkor ishtirok etdi, 10 mlrd dollarlik savdo kelishuvlari tuzildi. AT sohasida hamkorlik kengayib, qishloq xo‘jaligida yangi istiqbollar ochildi
Sputnik O‘zbekiston multimedia matbuot markazida Vitebskda bo‘lib o‘tgan Belarus–O‘zbekiston ayollar biznes-forumi yakunlari muhokama qilindi.
Oliy Majlis senatori Gulnora Marufovaning ta’kidlashicha, forumda 200 nafardan ortiq tadbirkorlar ishtirok etdi, ular orasida O‘zbekistonning 60 nafar vakili bor.
U, shuningdek, Buyuk G‘alabaning 80-yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar haqida gapirib, o‘zbek va belarus xalqlari frontchilarning xotirasini asrab-avaylab, avloddan-avlodga yetkazishini ta’kidladi.
Uning aytishicha, forumda ko‘plab shartnomalar imzolandi. Xususan, to‘qimachilik va yengil sanoat sohasida ikkita yirik hujjat qabul qilindi, shuningdek, taxminan 10 milliard dollarlik sakkizta tijorat kelishuviga erishildi.
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi maslahatchisi Alisher Shayxovga ko‘ra, O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik yangi — sarmoyaviy va texnologik bosqichga ko‘tarilmoqda. Uning ta’kidlashicha, asosiy yo‘nalishlar qishloq xo‘jaligi mashinasozligi, farmatsevtika, agrosektor, ta’lim, sog‘liqni saqlash va IT sohalarini o‘z ichiga oladi.
“O‘tgan yili biz qariyb 1 milliard dollarlik AT mahsulotlarini eksport qildik. Bu hajmda Belarus ulushi ham bor. Belarus MDH makonida AT-ishlanmalar, blokcheyn hamda atrof-muhitni muhofaza qilishda sun’iy intellektdan foydalanish bo‘yicha eng kuchli davlatlardan biri”, — dedi u.
Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti bo‘lim boshlig‘i Shuhrat Ahmedov agrar sohadagi hamkorlik haqida ma’lumot berdi. Uning aytishicha, O‘zbekistonga 35 ming dona Belarus golubikasi ko‘chati olib kelingan va ularning barchasi muvaffaqiyatli ekilgan.
Olim jahon bozorida rezavor meva narxi boshqa turlarga nisbatan ancha yuqori ekanini ta’kidlab, bu yo‘nalishda Belarus bilan hamkorlik istiqbolli ekanini qayd etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Belarusda qora qorag‘at yaxshi rivojlangan bo‘lsa, O‘zbekiston tillarang qorag‘ati bilan ajralib turadi. Mazkur ekinlar asosida muzlatish va qayta ishlash sanoatida qo‘shma loyihalar amalga oshirilishi mumkin.
Shuningdek, kartoshkachilik sohasida ham hamkorlik kengaymoqda.
“Uch viloyatda kartoshkaning 20 navi sinovdan o‘tkazildi va juda yaxshi natijalar qo‘lga kiritildi”, — dedi Ahmedov.
Batafsil -
Sputnik O‘zbekiston videosida.