Ayrim kompaniyalar uchun alohida huquqiy maqom joriy etiladi

© iStock / ktasimarrDelovie lyudi. Arxivnoe foto
Delovie lyudi. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.09.2025
Obuna bo‘lish
2026 yildan boshlab bunday kompaniyalar davlat reyestriga kiritiladi va ochiq ma’lumotlar portalida e’lon qilinadi.
TOShKENT, 17 sen – Sputnik. O‘zbekistonda jamiyat va iqtisodiyot uchun muhim ahamiyatga ega tadbirkorlarga huquqiy maqom beriladi. Bunga oid Hukumatning tegishli qarori e’lon qilindi.
Mazkur hujjatga ko‘ra, “Jamoat ahamiyatiga ega tashkilotlar” huquqiy maqomi joriy etiladi. Bu toifaga o‘z faoliyati turi va aktivlari hajmi tufayli yuqori ijtimoiy va iqtisodiy ta’sir kuchiga ega, shuningdek, manfaatdor tomonlar doirasi keng korxonalar kiritilishi aytilmoqda.
Qarorda, Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini joriy etish maqsadida Respublika komissiyasi tashkil etilishi ham ko‘zda tutilgan. Belgilangan mezonlarga javob beruvchi kompaniyalar har yili 1-iyulgacha “Jamoat ahamiyatiga ega tashkilotlar” maxsus reyestriga kiritiladi.
2026 yil 1-yanvardan boshlab ushbu reyestr Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan elektron shaklda yuritiladi hamda hukumatning rasmiy portali va ochiq ma’lumotlar portalida e’lon qilinadi.
Vstrecha Shavkata Mirziyoyeva s predprinimatelyami - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.08.2025
Tadbirkorlar bilan ochiq muloqotda e’lon qilingan eng muhim yangiliklar
Yangiliklar lentasi
0