Mirziyoyev: 2030-yilgacha mutlaq kambag‘allikka barham berishga imkonimiz bor

© Foto : Prezident matbuot xizmatiShavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.09.2025
Obuna bo‘lish
Prezident O‘zbekiston 2030-yilga qadar kambag‘allikni 2 karra qisqartirish bo‘yicha olgan majburiyatini barvaqt bajarishga harakat qilayotganini ta’kidladi.
TOShKENT, 17 sen – Sputnik. O‘zbekistonda 2030-yilga borib kambag‘allikka to‘liq barham berish imkoni bor. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev Namanganda o‘tkazilayotgan “Kambag‘allikdan farovonlik sari” xalqaro forumida ma’lum qildi.
Mirziyoyev so‘nggi sakkiz yilda mamlakatda inson huquqlarini himoya qilish, aholiga munosib ish o‘rinlari yaratish, daromadlarni oshirish va turmush sharoitlarini yaxshilash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilganini ta’kidladi.
Prezident jamiyatning eng quyi bo‘g‘inigacha tushib, “mahallabay” ishlash tizimi yo‘lga qo‘yilgani o‘zini har tomonlama oqlaganini ta’kidladi
Uning ma’lum qilishicha, qishloq aholisini daromadli qilish uchun 235 ming gektar paxta va g‘alla maydoni qisqartirilib, odamlarga 30−50 sotixdan yer ajratishning yangi mexanizmi joriy qilindi. Bu ishlar 800 ming odamning daromadini oshirishda muhim qadam bo‘ldi.
Qayd etilishicha, 7,5 million fuqaro kambag‘allikdan chiqarilgan, 2024-yilda kambag‘allik darajasi 8,9 foizga tushib, yil yakuniga qadar uni 6 foizgacha kamaytirish rejalashtirilmoqda.
“Bir so‘z bilan aytganda, har bir mahallaga biznes muhiti, har bir oilaga farovonlik kirib borganini odamlar o‘z hayotida his etmoqda. Bunday keng ko‘lamli sa’y-harakatlarimiz hisobiga O‘zbekiston 2030-yilga qadar kambag‘allikni 2 karra qisqartirish bo‘yicha olgan majburiyatini barvaqt bajarishga harakat qilyapti. 2030-yilga borib, xalqaro mezonlarga ko‘ra, O‘zbekistonda mutlaq kambag‘allikka to‘liq barham berishga barcha imkoniyatimiz bor”, - dedi Mirziyoyev.
Davlat rahbari nutqi davomida mahallalarni obod qilish va tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirish uchun har yili 2,5–3 milliard dollar yo‘naltilinayotganiga alohida to‘xtaldi. Ma’lum bo‘lishicha, so‘nggi sakkiz yilda 700 ming tadbirkor barqaror biznesini yo‘lga qo‘ygan.
O‘zbekistonda 2025-yilning 1-iyul holatiga ko‘ra, kambag‘allik darajasi 6,8 foizni tashkil qilmoqda.
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey o novix podxodax v sisteme obespecheniya zanyatosti naseleniya i professionalnogo obrazovaniya. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.07.2025
Aholi bandligini ta’minlash borasida qanday yangiliklar kutilmoqda?
Yangiliklar lentasi
0