Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

YeOIIda ilmiy-texnik rivojlanishning uzoq muddatli dasturi tasdiqlandi 

© YeAESFlagi YeAES
Flagi YeAES - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.09.2025
Obuna bo‘lish
Maqsad – raqobatbardosh ilmiy-tadqiqot salohiyatni shakllantirish.
TOShKENT, 17 sen — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida (YeOII) uzoq muddatli ilmiy-texnik rivojlanish dasturi tasdiqlandi. Bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) matbuot xizmati xabar bermoqda.
"Yevrosiyo iqtisodiy komissiyasi kengashi Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqining ilmiy-texnik rivojlanishiga oid uzoq muddatli strategik dasturi to‘g‘risidagi farmoyishni qabul qildi”, – deyiladi xabarda.
Mazkur hujjat Yevrosiyo iqtisodiy integratsiyasini 2025-yilgacha rivojlantirishning strategik yo‘nalishlarini amalga oshirish doirasida ishlab chiqilgani aytilmoqda.
U YeOIIga a’zo davlatlarning qo‘shma innovatsion loyihalarni rivojlantirish bo‘yicha kuchlarini birlashtirish orqali raqobatbardosh ilmiy-tadqiqot salohiyatini shakllantirish, shuningdek, Ittifoq mamlakatlari iqtisodiyotlarining texnologik darajasini oshirishga qaratilgan.
Dasturda quyidagilar belgilangan:
o‘zaro manfaatli sohalar;
a’zo davlatlarning ilmiy-texnikaviy rivojlanish sohasida tajriba almashish va o‘zaro hamkorlik qilish tartibi;
qo‘shma tadqiqotlar va innovatsion loyihalarni tashkil etish mezonlari.
Shuningdek, unda a’zo davlatlar tomonidan amalga oshirilayotgan hamkorlikning yo‘nalishlari va ustuvor jihatlari ham hisobga olingan.
Prezident RSPP Aleksandr Shoxin - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.09.2025
O‘zbekiston va YeOII
YeOII Katta Yevrosiyo hamkorligining asosini tashkil etadi — RSTI prezidenti
Yangiliklar lentasi
0