BuxDTU Sharqiy Sibir texnologiya universiteti bilan hamkorlik qiladi

© Sayt Vostochno-sibirskogo gosudarstvennogo universiteta texnologiy i upravleniyaVisshie uchebnie zavedeniya Uzbekistana i Rossii dogovorilis o sotrudnichestve
Visshie uchebnie zavedeniya Uzbekistana i Rossii dogovorilis o sotrudnichestve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.09.2025
Obuna bo‘lish
Buratiyada bo‘lib o‘tayotgan birinchi Baykal texnologik forumida 10 mamlakat vakillari ishtirok etmoqda.
TOShKENT, 16 sen — Sputnik. Buxoro davlat texnika universiteti delegatsiyasi Sharqiy Sibir davlat texnologiyalar va boshqaruv universiteti bilan hamkorlik shartnomasi imzoladi, deb xabar berdi TASS.

"Qozog‘iston va O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlik shartnomalari imzolandi. Gap tajriba almashish, o‘quv dasturlari va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, stajirovkalar uchun o‘qituvchilar va talabalar, aspirantlar almashinuvi, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish, xalqaro ilmiy va ta’lim dasturlarida ishtirok etish haqida bormoqda"- deyiladi xabarda.

Forumda o‘ndan ortiq davlatlar olimlari uchuvchisiz aviatsiya tizimlari, samolyot va vertolotsozlikni rivojlantirish masalalarini, energetika, kadrlar tayyorlash, samolyotsozlik va vertolotsozlik masalalarini muhokama qilmoqda.

Shuningdek, "Biotexnologiya ekologiya va hududlar iqtisodiyoti manfaatlari yo‘lida" va "XXI asrda charm va mo‘yna: texnologiya, sifat, ekologiya va ta’lim" Xalqaro konferensiyalari, hamda "Amaliy sun’iy intellekt" va "IT-kadrlar: mehnat bozoridagi yangi chaqiriqlarga tayyorlik" panel muhokamalari bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun: 1962-yilda tashkil etilgan ShSDTBU bugungi kunda Rossiyaning Uzoq Sharqidagi yetakchi oliy ta’lim muassasasi bo‘lib, zamonaviy infratuzilma va ilmiy-innovatsion majmuaga ega.
Press-sentr Sputnik Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.09.2025
Matbuot markazi
Anons: Rossiya oliygohlarida ta’lim olishga qiziqish nega ortib bormoqda
Yangiliklar lentasi
0