https://oz.sputniknews.uz/20250916/samarkand-grand-swiss-shaxmat-turnir-abdusattorov-51996293.html
Samarqandda Grand Swiss yakunlandi: Abdusattorov top-10likda
Samarqandda Grand Swiss yakunlandi: Abdusattorov top-10likda
Sputnik O‘zbekiston
Grand Swiss 2025 Samarqandda: ayollar va erkaklar o‘rtasidagi g‘oliblar ma’lum bo‘ldi
2025-09-16T14:22+0500
2025-09-16T14:22+0500
2025-09-16T14:22+0500
o‘zbekiston
nodirbek abdusattorov
shaxmat
jahon chempionati
musobaqa
yoshlar ishlari agentligi
samarqand viloyati
sport
samarqand
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/09/10/51995808_0:0:768:432_1920x0_80_0_0_4059e4506d5cf7f74e686220d5200240.jpg
TOShKENT, 16 sen — Sputnik. 2025-yilning 4-15 sentabr kunlari Samarqand shahrida shaxmatda jahon chempionligi uchun saralash turkumining eng muhim bosqichlaridan biri — FIDEning Grand Swiss musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Jami 172 nafar shaxmatchi qatnashgan musobaqaning umumiy mukofot jamg‘armasi 855 ming AQSh dollarini tashkil etdi.Turnirda gollandiyalik grossmeyster Anish Giri g‘olib bo‘ldi va kubok hamda 90 ming dollarlik bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.Ikkinchi o‘rinni Mattias Blyubaum (Germaniya) egalladi. Uchinchi o‘rinni Alireza Firuzdja (Fransiya) egalladi. Ayollar o‘rtasida Vayshali Rameshbabu (Hindiston) va Katerina Lagno (Rossiya) birinchi o‘rinni egalladi. Bronza medali Bibisara Assaubayevaga nasib etdi (Qozog‘iston). Turnirning yopilish marosimi “Silk Road by Minyoun” mehmonxonasining anjumanlar zalida bo‘lib o‘tdi. Marosimda O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev, Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyev va FIDE prezidenti Arkadiy Dvorkovich ishtirok etdi. U 2026-yilda shaxmat olimpiadasi aynan shu yerda o‘tkazilishini eslatib, O‘zbekiston bilan hamkorlikni davom ettirishga ishonch bildirdi.
https://oz.sputniknews.uz/20250903/grand-swiss-fide-2025-grandmaster-chess-jahon-shaxmat-yulduz-samarkand-51716767.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/09/10/51995808_83:0:712:472_1920x0_80_0_0_f183ed9d26b5033dd7d56506a5643190.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
grand swiss 2025 samarqand, samarqand shaxmat turniri, fide grand swiss natijalari, anish giri g‘olib, abdusattorov top-10, vayshali rameshbabu katerina lagno, bibisara assaubayeva, shaxmat jahon chempionati saralash, da’vogarlar turniri 2026, silk road by minyoun yopilish marosimi, arkadiy dvorkovich bayonoti
grand swiss 2025 samarqand, samarqand shaxmat turniri, fide grand swiss natijalari, anish giri g‘olib, abdusattorov top-10, vayshali rameshbabu katerina lagno, bibisara assaubayeva, shaxmat jahon chempionati saralash, da’vogarlar turniri 2026, silk road by minyoun yopilish marosimi, arkadiy dvorkovich bayonoti
Samarqandda Grand Swiss yakunlandi: Abdusattorov top-10likda
Samarqandda o‘tkazilgan shaxmat bo‘yicha Grand Swiss turnirida Anish Giri g‘alaba qozondi, Nodirbek Abdusattorov esa top-10ga kirdi
TOShKENT, 16 sen — Sputnik. 2025 yilning 4-15 sentabr kunlari Samarqand shahrida shaxmatda jahon chempionligi uchun saralash turkumining eng muhim bosqichlaridan biri — FIDEning Grand Swiss musobaqasi
bo‘lib o‘tdi.
Jami 172 nafar shaxmatchi qatnashgan musobaqaning umumiy mukofot jamg‘armasi 855 ming AQSh dollarini tashkil etdi.
Turnirda gollandiyalik grossmeyster Anish Giri g‘olib bo‘ldi va kubok hamda 90 ming dollarlik bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.
Ikkinchi o‘rinni Mattias Blyubaum (Germaniya) egalladi. Uchinchi o‘rinni Alireza Firuzdja (Fransiya) egalladi.
Ayollar o‘rtasida Vayshali Rameshbabu (Hindiston) va Katerina Lagno (Rossiya) birinchi o‘rinni egalladi. Bronza medali Bibisara Assaubayevaga nasib etdi (Qozog‘iston).
Turnirning yopilish marosimi “Silk Road by Minyoun” mehmonxonasining anjumanlar zalida bo‘lib o‘tdi. Marosimda O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev, Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyev va FIDE prezidenti Arkadiy Dvorkovich ishtirok etdi.
Dvorkovich turnir Samarqandda o‘tkazilishining ramziy ahamiyatini ta’kidlab, bu qadimiy shahar shaxmatda chuqur ildizlarga ega ekanini hamda o‘yinning kelajagi ramzi sifatida namoyon bo‘lishini qayd etdi.
U 2026-yilda shaxmat olimpiadasi aynan shu yerda o‘tkazilishini eslatib, O‘zbekiston bilan hamkorlikni davom ettirishga ishonch bildirdi.