BMT Isroilning G‘azodagi harakatlarini genotsid deb tan oldi
Obuna bo‘lish
Tel-Aviv "Genotsid konvensiyasi"da belgilangan besh jinoyatning to‘rttasini amalga oshirgan. Bu 1948-yildan buyon sodir etilgan eng shafqatsiz genotsid.
TOShKENT, 16 sen — Sputnik. BMT xalqaro tergov komissiyasi Isroilning G‘azodagi harakatlarini genotsid deb tan oldi.
"Isroil hukumati G‘azo sektorida guruh sifatida falastinliklarning reproduktiv qobiliyatini qisman yo‘q qildi, jumladan, tug‘ilishning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni qo‘llash orqali; va ataylab falastinliklarni guruh sifatida jismoniy yo‘q qilish uchun hisoblangan yashash sharoitlarini yaratdi, bu Rim statuti va Konvensiya Nizomiga (Genotsid konvensiyasi) muvofiq genotsidning asosiy harakatlaridir deb tan olinadi”, — deyiladi hisobotda.
Komissiyaning asosiy xulosalari:
Tel-Aviv Genotsid jinoyatining oldini olish va jazolash to‘g‘risidagi konvensiyada belgilangan beshta genotsid harakatidan to‘rttasini amalga oshirdi, Isroilning harakatlari 1948-yildan beri eng shafqatsiz genotsid deb qayd etildi;
Isroil harbiylari falastinliklarni o‘ldirish, to‘liq qamal qilish, gumanitar yordamni to‘sib qo‘yish, sog‘liqni saqlash va ta’lim tizimini yo‘q qilish, jinsiy va jinsga asoslangan zo‘ravonlik qilish, bolalar va diniy va madaniy obyektlarga hujum qilishda ayblanmoqda.
Mamlakat rahbarlari, jumladan, Bosh vazir Benyamin Netanyaxu genotsidni qo‘zg‘atgan va uning oldini ololmagani uchun javobgardir.
Isroil ocharchilik siyosatini to‘xtatib, qamalni olib tashlashi va insonparvarlik yordamiga to‘siqsiz kirishni ta’minlashi kerak.
Boshqa davlatlar Isroilning G‘azo va bosib olingan hududlardagi harakatlarini to‘xtatish uchun barcha vositalardan foydalanishi kerak.
Isroil Tashqi ishlar vazirligi BMT hisobotini rad etmoqda.
Ma’lumot uchun, Isroil dushanba kuni kechqurun G‘azoga hujum operatsiyasini boshlagan edi. Shaharga dastlab havo zarbasi berildi, keyin tanklar kirib keldi. Mahalliy OAVlarga ko‘ra hujum oqibatida 62 kishi halok bo‘lgan.
G‘azo ma’muriyati ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yil 7-oktabrdan beri Isroil hujumlari oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 64 mingdan oshdi, ular asosan tinch aholi vakillari.