Lyublyanada O‘zbekiston-Sloveniya biznes-forumi bo‘lib o‘tdi

© Informatsionnoe agentstvo DunyoV Lyublyane sostoyalsya uzbeksko-slovenskiy biznes-forum
V Lyublyane sostoyalsya uzbeksko-slovenskiy biznes-forum - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.09.2025
Obuna bo‘lish
Uchrashuv yakunida ikki davlat kompaniyalari o‘rtasida yangi biznes aloqalarini o‘rnatish, hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
TOShKENT, 15 sen — Sputnik. Sloveniya poytaxti Lyublyana shahrida O‘zbekiston-Sloveniya biznes-forumi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda "Dunyo" AA xabar berdi.
Forum O‘zbekiston elchixonasi (qarorgohi Vengriya poytaxti Budapesht shahrida joylashgan) "SPIRIT Slovenia" biznesni rivojlantirish agentligi bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Iqtisodiy tadbir O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning samaralari va yurtimizning investitsiyaviy salohiyati, savdo, iqtisodiyot va turizm sohasidagi imkoniyatlarini taqdim etish, shuningdek, ikki tomonlama hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini belgilab olish maqsadida o‘tkazildi.
Diplomatlar O‘zbekistonda biznes yuritishning huquqiy va iqtisodiy shart-sharoitlari haqida so‘zlab berishdi. Ishtirokchilar qo‘shma loyihalar va sarmoyaviy tashabbuslarni muhokama qildilar. Sloveniya Tashqi ishlar va Yevropa vazirligi hamda "SID Bank" vakillari ikki tomonlama iqtisodiy hamkorlikni qo‘llab-quvvatlash choralari, moliyaviy imkoniyatlar va kafolatlar haqida to‘xtaldi.
Shuningdek, ishtirokchilar xalqaro hamkorlik tajribalari, "SPIRIT Slovenia" tomonidan xorijiy bozorlarga chiqish uchun ishlab chiqilgan maxsus dasturlar bilan tanishdilar. "Tajfun RUS" kompaniyasi vakillari esa O‘zbekistondagi faoliyatlari bilan o‘rtoqlashdi.
Ma’lumot uchun: "SPIRIT" Biznesni rivojlantirish agentligi bu Sloveniya kompaniyalarini xorijda targ‘ib qiluvchi va xorijiy investitsiyalarni jalb qiluvchi kompaniyalar va investorlarni qo‘llab-quvvatlovchi yagona markaz. Agentlik Sloveniyada biznes yuritish bo‘yicha strategik maslahatlar va amaliy ma’lumotlarni bepul taqdim etadi, shuningdek, bozorga kirishda operatsion yordam ko‘rsatadi.
Sentr sodeystviya migrantam v Volgograde - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.09.2025
O‘zbekiston Sloveniya bilan kadrlar tayyorlashni muhokama qildi
Yangiliklar lentasi
0