https://oz.sputniknews.uz/20250915/aziz-voitov-sud-hukm-51983443.html
Sobiq vazir Aziz Voitovga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi
Sobiq vazir Aziz Voitovga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi
Sputnik O‘zbekiston
Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahri Mirobod tumani sudi tomonidan sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov va boshqalarga (jami 62 kishi) oid jinoyat ishini birinchi instansiyada ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni tugab, sud hukmi e’lon qilindi.
2025-09-15T19:03+0500
2025-09-15T19:03+0500
2025-09-15T19:03+0500
jamiyat
aziz voitov
sud
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0c/0f/30751792_0:0:699:394_1920x0_80_0_0_d766b3caa76b6fe97b52b004e15f9336.jpg
TOShKENT, 15 sen – Sputnik. Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahri Mirobod tumani sudi tomonidan sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov va boshqalarga (jami 62 kishi) oid jinoyat ishini birinchi instansiyada ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni tugab, sud hukmi e’lon qilindi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar berdi.Sud hukmiga ko‘ra, Voitov Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi "a" bandi (juda ko‘p miqdorda o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish — BHMning uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi) va boshqa moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topildi.Ta’kidlanishicha, JKning 167-moddasi 4-qismida yetkazilgan moddiy zararning o‘rni qoplangan taqdirda ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo‘llanmasligi belgilangan.Bundan tashqari, Qishloq xo‘jaligida xizmatlar ko‘rsatish agentligi sobiq direktori Husniddin Karimov JKning tegishli moddalari bilan 3-yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarni egallash huquqidan mahrum qilgan holda 8-yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.Qolgan 60 nafar sudlanuvchiga qilmishiga muvofiq ravishda tegishli jazolar, xususan, 9 nafariga ozodlikdan mahrum qilish, 51 nafariga esa ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar tayinlandi.Eslatib o‘tamiz, cobiq qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov 2023-yil oktabr oyida ishdan olingandi. Dekabr oyida esa u korrupsiyaviy jinoyatlarni sodir etganlikda gumonlanib tergov qilinayotgani ma’lum bo‘lgandi.
https://oz.sputniknews.uz/20250902/namangan-hokim-pora-ushlanish-51675701.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0c/0f/30751792_0:0:639:479_1920x0_80_0_0_12bdeccdefba2eb9d46a322bc8d40207.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri aziz voitov sud hukm jazo
sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri aziz voitov sud hukm jazo
Sobiq vazir Aziz Voitovga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi
Sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri JKning 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va boshqa moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarda aybdor deb topildi.
TOShKENT, 15 sen – Sputnik. Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahri Mirobod tumani sudi tomonidan sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov va boshqalarga (jami 62 kishi) oid jinoyat ishini birinchi instansiyada ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni tugab, sud hukmi e’lon qilindi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati
xabar berdi.
Sud hukmiga ko‘ra, Voitov Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi "a" bandi (juda ko‘p miqdorda o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish — BHMning uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi) va boshqa moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topildi.
Yetkazilgan moddiy zarar o‘rni to‘liq qoplangani sababli unga nisbatan 3-yil muddatga boshqaruv tizimi, rahbarlik va mansabdorlik hamda moddiy javobgarlik lavozimlarini egallash huquqidan mahrum qilgan tarzda BHMning 400 baravari (164 800 000 so‘m) miqdorida jarima va har oylik ish haqining 30 foizini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda 3 yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.
Ta’kidlanishicha, JKning 167-moddasi 4-qismida yetkazilgan moddiy zararning o‘rni qoplangan taqdirda ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo‘llanmasligi belgilangan.
Shu bois sudning hukmi bilan jinoyat bo‘yicha yetkazilgan zarar sud jarayoni davomida to‘liq qoplangani sababli Voitovga ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlanib, depozit hisob raqamiga to‘langan pullar davlat foydasiga o‘tkazilishi belgilangan.
Bundan tashqari, Qishloq xo‘jaligida xizmatlar ko‘rsatish agentligi sobiq direktori Husniddin Karimov JKning tegishli moddalari bilan 3-yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarni egallash huquqidan mahrum qilgan holda 8 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Qolgan 60 nafar sudlanuvchiga qilmishiga muvofiq ravishda tegishli jazolar, xususan, 9 nafariga ozodlikdan mahrum qilish, 51 nafariga esa ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar tayinlandi.
Eslatib o‘tamiz, cobiq qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov 2023-yil oktabr oyida ishdan
olingandi. Dekabr oyida esa u korrupsiyaviy jinoyatlarni sodir etganlikda gumonlanib tergov qilinayotgani ma’lum bo‘lgandi.