Namanganda temir yo‘l kesishmasidagi YTHda 6 kishi halok bo‘ldi

© Sputnik / Yevgeniy Odinokov / Mediabankka o‘tishJeleznodorojniy znak
Jeleznodorojniy znak - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.09.2025
Obuna bo‘lish
Mashina haydovchisi yaqinlashib kelayotgan poyezd oldidan temir yo‘lni kesib o‘tishga uringan.
TOShKENT, 14 sen – Sputnik. Namangan viloyatidagi temir yo‘lning Chortoq va Uychi bekatlari o‘rtasidagi kesishmada poyezd “Gentra” bilan to‘qnashdi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” matbuot xizmati xabar qildi.
Ma’lum qilinishicha, “Gentra” haydovchisi yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol ravishda buzgan holda yaqinlashib kelayotgan poyezd oldidan temir yo‘lni kesib o‘tishga uringan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, mashinada olti kishi bo‘lgan: besh ayol va kichik bola. Kuchli to‘qnashuv oqibatida mashinada hech kim omon qolmagan.
Poyezd mashinistlari shoshilinch tormozni qo‘llashgan, ammo fojianing oldini olishning iloji bo‘lmagan. Poyezdga kam miqdorda zarar yetgan.
Gorashiy avtomobil. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.09.2025
Angrenda ayanchli YTH: 7 kishi halok bo‘ldi
Yangiliklar lentasi
0