Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

Armaniston YeOII va Mo‘g‘uliston o‘rtasidagi vaqtinchalik savdo bitimini ma’qulladi

© Sputnik / Taalaybek OroskulovFlagi stran YeAES. Arxivnoe foto
Flagi stran YeAES. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.09.2025
Obuna bo‘lish
Hujjat 27-iyun kuni Minskda imzolangandi.
TOShKENT, 14 sen – Sputnik. Armaniston hukumati Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) va Mo‘g‘uliston o‘rtasidagi vaqtinchalik savdo bitimini ratifikatsiya qilishni ma’qulladi. Bu haqda Sputnik Armaniston xabar berdi.
“27 iyun kuni Minskda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi va uning a’zo davlatlari o‘rtasida imzolangan vaqtinchalik savdo bitimini ratifikatsiya qilishni ma’qullasin”, - deyilgan hujjatda.
Hujjat uning bandlari Armaniston konstitutsiyasiga muvofiqligini aniqlash Konstitutsiyaviy sudga uchun yuboriladi va ijobiy xulosa chiqarilgan taqdirda uni ratifikatsiya qilish uchun Milliy Assambleyaga (Armaniston parlamenti – tahr.) beriladi.
Avvalroq Rossiya iqtisodiy rivojlanish vazirligi rahbari Maksim Reshetnikov kelishuv 367 ta tovar pozitsiyasiga taaluqli ekanligini aytgandi.
Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi hay’ati raisi Bakitjan Sagintayevning aniqlik kiritishicha, vaqtinchalik savdo kelishuvi doirasidagi tarif imtiyozlari YeOOIning Mo‘g‘ulistonga eksport qilinadigan 2 milliard dollar miqdoridagi 90 foizdan ortig‘ini qamrab oladi.
Zamorojennoe maso  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.08.2025
O‘zbekiston va YeOII
YeOII bozorida Mo‘g‘ulistonning ko‘proq yuqori sifatli mahsulotlari paydo bo‘lishi mumkin
Yangiliklar lentasi
0