Putin Moskvaning 878-yilligiga bag‘ishlangan tadbirlarda ishtirok etdi
19:37 13.09.2025 (yangilandi: 19:38 13.09.2025)

© POOL
/ Obuna bo‘lish
Moskva 878-yilligini munosib kutib oldi: to‘rtta yangi metro bekatlari ochildi, Milliy kosmik markaz ochildi va yangilangan daryo qirg‘oqlari ishga tushdi.
MOSKVA, 13 sen — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Moskva aholisini poytaxtning 878-yilligi bilan tabrikladi va shaharni dunyoning eng yaxshi shahri deb atadi.
"Nafaqat moskvaliklar, balki poytaxtimizni chin dildan sevadigan har bir inson uni sayyoramizdagi eng yaxshi shaharlardan biri deb biladi. Men bu bahoga to‘liq qo‘shilaman, shunday", - dedi prezident.
Putinning so‘zlariga ko‘ra, poytaxt so‘nggi yillarda barcha sohalarda mamlakat peshqadamiga aylangan: transport, tibbiyot, ta’lim, madaniyat, axborot texnologiyalari, iqtisodiyot va boshqa sohalar.

Putin Sergey Sobanin jamoasiga ulkan maqsadlarga erishishda muvaffaqiyat tiladi
© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mixail Koritov
/ Bundan tashqari, davlat rahbari Moskvani armiyaning kuchli poydevori deb atadi. O‘n minglab moskvaliklar frontda mardonavor kurashmoqda, shahar aholisi ham Vatan ravnaqi yo‘lida mehnat qilishga tayyorligi uchun minnatdorlik bildirdi.
Putin shahar meri Sergey Sobanin va uning jamoasiga yanada ulkan maqsadlarga erishishda muvaffaqiyat tiladi.
Yangi metro bekatlari ochildi
Yangi metro bekatlari ochildi
Bugun “Troiskaya” liniyasining yana to‘rtta bekati ochildi. Troiskaya yo‘nalishida ochilgan bekatlar “Vavilovskaya”, “Akademicheskaya”, “Krimskaya”, “ZIL” bo‘lib ular shahar markazini janubi-g‘arbiy okrug bilan bog‘laydi. Ushbu bekatlar 600 mingga yaqin aholisi uchun transport xizmatlarini yaxshilash imkonini beradi.

Yangi ochilgan "Vavilovskaya" bekati, Troiskaya yo‘nalishi
© Sputnik / Ilya Pitalev
/ Yangilangan daryo qirg‘oqlari ishga tushdi
Moskvada 2011-yildan beri shahar ichidan o‘tgan darolarning 100 kilometrdan ortiq qirg‘oqlari rekonstruksiya qilindi va obodonlashtirildi. Yauza darosining barcha tarixiy qirg‘oqlari tartibga keltirildi.
Moskvada 2011-yildan beri shahar ichidan o‘tgan darolarning 100 kilometrdan ortiq qirg‘oqlari rekonstruksiya qilindi va obodonlashtirildi. Yauza darosining barcha tarixiy qirg‘oqlari tartibga keltirildi.
Moskva darosining o‘ng qirg‘og‘ida Sadovoe kolsodan Nagatinskiy zatongacha bo‘lgan oltita qirg‘oqni har ikki tomonida obodonlashtirish ishlari yakunlandi: Shlyuzovaya (0,9km), Derbenevskaya (1,5 km), Paveleskaya (1,1 km), Danilovskaya (1,3 km), Novodanilovskaya (5km) (1,6km) uzunligi 11,4km.

Moskvada yangilangan daryo qirg‘oqlari
© Mos.ru
Undan tashqari 13 va 14-sentabr kunlari bo‘lib o‘tayotgan Moskva kuni doirasida yoshdagilar uchun konsertlar, sport musobaqalari, ko‘rgazmalar va boshqa qiziqarli ko‘ngilochar tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda.

Moskvaning 878-yilligi tadbirlari
© Mos.ru